Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlangandan beri Kiyevga doimiy ravishda harbiy yuk yetkazib kelayotganini aytdi.
“Hozirgacha 15 milliondan ortiq oʻq-dori yetkazib berdik”, deydi mamlakat kansleri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Ukraina harbiylariga 100 mingta qoʻl granatasi va 5 mingdan ortiq tankga qarshi mina ham yuborgan.
Kanslerning aytishicha, ayni paytda Germaniya Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari bilan tegishli qurol almashinuvini amalga oshirmoqda, ya’ni, ular Ukrainani eski namunadagi qurollar bilan taʼminlaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!