O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 2021 yil yakunlari bo‘yicha, “yilning eng yaxshi futbolchisi” nominasiyasiga nomzod o‘yinchilar yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.
UZ Football Awards-2021da «Yilning eng yaxshi futbolchisi» sovrini uchun 6 nafar legioner va 4 nafar Superligada to‘p surayotgan o‘yinchi da’vogarlik qilayotgan edi.
Dastlabki 10 futbolchidan iborat ro‘yxatdan - Husniddin Aliqulov («Nasaf»), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev («Paxtakor»/ «Nijniy Novgorod»), Igor Sergeyev («Aktobe»/»Tobol»), Otabek Shukurov («Sharja»), Jasur Yaxshiboyev («Legiya»/»Sherif»), Oybek Bozorov («Nasaf»), Sherzod Nasrullayev («Nasaf») yakuniy bosqichga o‘tmadi.
Yakuniy uchlik quyidagicha:
• Jaloliddin Masharipov («Shabob Al-Ahli»/«Al-Nasr»)
• Husain Norchayev («Nasaf»)
• Eldor Shomurodov («Jenoa»/«Roma»).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!