France Football jurnali bosh muharriri Paskal Ferret nashr “Oltin toʻp-2020”ni bekor qilish haqidagi qarorini qayta koʻrib chiqishi va sovrinni “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiga topshirishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Biz bu haqda oʻylashimiz mumkin, lekin shu bilan birga ovoz berish asosida qurilgan “Oltin toʻp” tarixini hurmat qilishimiz ham kerak”
Eslatib oʻtish mumkin, shu yil yakunida Lionel Messi “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Levandovski ovoz berishda ikkinchi boʻldi. Mukofot topshirilgandan soʻng Messi sahnadan turib polshalik futbolchiga shunday dedi: “Sen “Oltin toʻp”ga loyiqsan. Oʻtgan yili mukofotni sen olishing kerak ekanligingni hamma birdek tan oladi”
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!