O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchixonasining birinchi diplomati Stokgolmga yetib bordi.
Diplomatik missiya maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Nodir G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajaradi.
1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Shvetsiyaga jo‘nab ketishdan oldin u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Stokgolmdagi diplomatik vakolatxona O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!