“Verona” hujumchisi Jovanni Simeone oktyabr oyida Italiya A Seriyasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘tgan oy Jovanni Italiya chempionatida “sariq-ko‘klar” safida beshta o‘yinda maydonga tushdi. Bu vaqt oralig‘ida argentinalik futbolchi 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Qayd etish kerak, Simeone uchun “Latsio”ga qarshi uchrashuv muhim ahamiyat kasb etdi, unda Jovanni “poker” natija qayd etgan edi.
Ma’lumot uchun, Simeone “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeonening o‘g‘li hisoblanadi. Ayni dam u “Verona” safida ijara asosida o‘ynamoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘n ikki turdan keyin “Verona” A Seriya turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!