Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida institut diplomini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar T.N. va D.N. boshqa bir fuqaro H.ga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatganligi to‘g‘risida diplom olib berishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!