Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar I.U. va A.N. o‘zaro til biriktirib, talaba A.E.ning Tojikiston Respublikasi universitetidagi o‘qishini Guliston davlat universitetiga ko‘chirib berishini aytib, evaziga 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, shundan 4,9 mln so‘mini qaytarganliklari protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!