$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan O‘zbekistonning o‘tmishi va kelajagi, ichki va tashqi siyosati haqida

16:54 / 17.11.2021

Xabardor.uz‘ning navbatdagi mehmoni siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov.

Kamoliddin Muhiddin o‘g‘li Rabbimov
1977-yil 14-oktyabrda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan.
1994–1999-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti Tarjimonlik fakulteti Sharq tillari bo‘limini tugatib, 1999–2002-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasida aspirant sifatida siyosatshunoslik fanining “siyosat falsafasi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qigan, ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
Shuningdek, 2005–2006-yillarda Polshaning Varshava Universitetida siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha tinglovchi sifatida tadqiqotlar olib borgan.
2000–2001-yillarda Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy tadqiqotchi, 2001–2004-yillarda “Ijtimoiy fikr” sotsiologik tadqiqotlar markazida ilmiy tadqiqotchi, 2004–2005-yillarda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutida katta ilmiy xodim bo‘lgan.
Kamoliddin Rabbimov 2007–2021-yillarda Fransiyada yashab, ilmiy-ijodiy ishlar bilan shug‘ullanib kelgan.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan O‘zbekistonning o‘tmishi va kelajagi, ichki va tashqi siyosati haqida suhbatlashdik.

Muxbir: O‘zbekistonliklar yaqinda Prezidentlik saylovida qatnashdi. Bu jarayon Markaziy saylov komissiyasi tomonidan haqqoniy va demokratik tarzda o‘tdi deyilsa, bu borada Yevropa Ittifoqi va AQSHlik kuzatuvchilarning fikri boshqacharoq bo‘ldi.

Xo‘sh, bu o‘rinda O‘zbekiston tomoni haqiqatda keyingi saylovlarda o‘zgarishlar qilishi kerakmi yoki xalqaro kuzatuvchilar oshirib yubordimi?

Kamoliddin Rabbimov: Bilasizmi bu yerda bir qancha nuqtalar bor. O‘zbekistonda ikkinchi maʼmuriyat davrida ijtimoiy va siyosiy tafakkurda jiddiy o‘zgarishlar boshlangan.  Biz qattiq avtoritarizm davridan chiqdik. Lekin hali to‘laqonli liberal-demokratik kayfiyatga yoki siyosiy vaziyatga yetib kelganimiz yo‘q. Yaʼni odamlarning ongidagi siyosiy tafakkurda o‘zgarishlar odatda juda ham tez sodir bo‘lmaydi. Demak, xalqaro tashkilotlarning aytayotgani ham to‘g‘ri va O‘zbekiston o‘zining shu kundagi mavjud vaziyatidan kelib chiqib o‘tkazilgan saylovlarni legitim deyish ham aslida to‘g‘ri.

– O‘zbekiston uchun kelyotgan 5 yil o‘tgan 5 yildan nimasi bilan farq qiladi? Bizni nimalar kutyapti?

– Birinchi 5 yillik, ayniqsa, Shavkat Miziyoyev hokimiyatga kelganda, jamiyatimizda ikkinchi maʼmuriyatning siyosiy kursi qanday bo‘lar ekan, degan savol bor edi. Bugun mana shu savolga biz javob oldik.  Shavkat Miziyoyev ijtimoiy tafakkurni qo‘rquv bilan boyitish siyosatidan voz kechdi. Qattiq avtoritarizm siyosatidan voz kechdi. Havfsizlik va barqarorlikni mexanik kuch bilan taʼminlash istiqboli yo‘q ekanligini jamiyatga ko‘p marta bildirdi. Jiddiy islohotlar siyosatini boshladi va bu O‘zbekiston uchun juda ham katta muvaffaqiyat hamda jamiyat uchun katta bonus. Ayni paytda, hali bilasizmi, siyosiy tizim shakllanishi uchun markaziy hokimiyat ancha ishlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, birinchi maʼmuriyat yigirma besh yillik boshqaruvda asosan birinchi o‘n yillikda boshqaruv stilini shakllantirdi. Keyingi o‘n yillikda bu mexanizm o‘zining faoliyatini davom ettirdi. Demak, mana ikkinchi maʼmuriyat ham o‘zining boshqaruv stilini bugun shallantirib ulgurdi. Bugun O‘zbekistonda so‘z erkinligi anchagina jadal davom etyapti. O‘zbekiston boshqaruvida mulozimlar sinfi jamiyatning ehtiyojlarini qondirish orqali o‘zining legitimligini, qonuniyligini hamda faoliyatini tushunishga va tushuntirishga, oqlashga harakat qilyapti. Bu juda ham yaxshi narsa.

– Prezident Mirziyoyev inauguratsiyasida barcha nomzodlardan o‘z elektorati konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazishni so‘raganini aytib o‘tdi. Siz konstitutsiyaviy islohotlarni aynan qaysi boblari yoki moddalarida ko‘rishni xohlardingiz?

(Maʼlumot uchun konstitutsiyamiz jami 14 marta o‘zgarishga uchradi va uning aksariyat qismi 19-bob, yaʼni Prezident bobiga tegishli).

– Prezidentning vakolatlari birinchi maʼmuriyat davrida biroz kengaytirildi, aniqlashtirildi va baʼzan toraytirildi. 2002 yilgi referendumdan keyin Vazirlar Mahkamasining raisi ayni paytda Prezident edi. Undan keyin ijroiya hokimiyatdagi vazifalar taqsimlandi. Vazirlar Mahkamasiga raislik qilish bosh vazirga yuklatildi. Yaʼni siyosiy boshqaruv vakolatlari, xavfsizlik Prezidentning o‘zida qoldi. Lekin ijtimoiy va iqtisodiy vazifalar Vazirlar Mahkamasigi o‘tkazildi. Umuman, bu islohotga judayam katta ehtiyoj bor deb o‘ylayman. O‘zbekiston 1990 yillarning boshidan hozirga qabul qilgan Konstitutsiyasi o‘sha davrdagi maʼlum bir xavotirlar va o‘sha davrdagi siyosiy tafakkurlarni o‘zida aks ettiradi, xolos. Lekin bugun vaziyat o‘zgardi. Dunyoda ham, O‘zbekistonda ham vaziyat o‘zgardi.

– Yangi O‘zbekiston atamasi haqida: umuman biz hozirgi hukumat tarkibi bilan, eʼtibor bering, ularning aksariyati 60-65 yoshdan oshganlar, Yangi O‘zbekiston qura olamizmi?

– Yangi O‘zbekiston degan atamani o‘ziga bir to‘xtalib o‘tsak. Yangi O‘zbekiston bu Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston jamiyatiga, 35 millionlik O‘zbekistonga taklif qilinayotgan konseptual g‘oya va loyiha, yaʼni bu taʼkid emas. O‘zbekiston yangi bo‘ldi degan bir taʼkid emas. O‘zbekiston yangi bo‘lishi kerak va hokimiyat shunga intiladi, degan bir intilish aslida. Demak, bu degani O‘zbekiston birinchi maʼmuriyat davrida qilgan xatolariga qaytmaydi, degani. O‘zbekiston qattiq avtoritarizmga bormaydi, undan voz kechadi, inson huquqlari va islohotlari yo‘lidan ketadi, degan loyiha, tashabbus va taklif. Jamiyat, mutafakkirlar va fuqarolik jamiyati buni jon-jon deb qabul qilishi, qo‘llab-quvvatlashi va o‘zining energiyasini shu tomonga yo‘naltirishi kerak.

Jamiyat kutayotgan kadrlar siyosati birinchi maʼmuriyat davrida uzoq muddat boshqaruvda ishlagan va shu davrda tafakkuri qotgan shaxslar bugungi islohotlarga nisbatan ikkilamchi munosabatda bo‘lyapti deyishimiz mumkin. Yaʼni ular har safar u yoki bu tadbirni ko‘rishda tabiiy ravishda o‘sha siyosiy instinktdan kelib chiqib, bugungi siyosiy kayfiyat qanday, deb ish ko‘radi.

– O‘zbekistonning tashqi siyosati: Karimov davri, Mirziyoyevning dastlabki 5 yili va hozir. Xalqaro maydonda O‘zbekiston imidji qanday? Siz bir o‘rinda O‘zbekistonni xorijliklarga Rossiya yoki Afg‘oniston orqali tanishtiramiz degandingiz…

– Keyingi 5 yilda O‘zbekistonning imidji jiddiy o‘zgarayotgan bir davlat. O‘zbekistonga nisbatan birinchi maʼmuriyat davrida oxirgi o‘n yillikda 2005-yildan 2016-yilga qadar O‘zbekiston nihoyatda ihotalangan va izolyatsiyalangan bir davlat shakliga tushib qoldi. O‘zbekiston mintaqadagi Markaziy Osiyodagi liderlikni to‘laqonli boy bergan davlat bo‘lib qoldi. O‘zbekistonni tashqi dunyo liderlari ziyorat qilmay qo‘ygan, yaʼni Toshkentga kelmay qo‘ygan bir holatni kuzatdik va birinchi maʼmuriyatning keyingi o‘n yilligida tashqi dunyoga, hattoki, taklif ham qilinmadi. Demak, mana shu davrni O‘zbekiston uchun juda katta yutqazish, geosiyosiy davr deb aytimiz mumkin.

– Afg‘oniston masalasi: afg‘on yerlari orqali dengizga chiqish yo‘limiz qanchalik umidli? Bu loyihada asosiy hamkorimizning Rossiya bo‘layotgani bu kelajak umidimizga qanday taʼsir qiladi?

– Endi bu masalada asosiy hamkorimiz Rossiya bo‘lyapti degan fikrga shaxsan men to‘laqonli qo‘shilmayman. Sababi Rossiyaning Afg‘onistondagi geosiyosiy qarashi va loyihasi bizning manfaatlarimizdan biroz farq qiladi. O‘zbekiston Afg‘onistonda strategik barqarorlik bo‘lishini istaydi. Rossiyaning birinchi manfaati bu barqarorlikdan ko‘ra geosiyosiy raqiblari Afg‘oniston hududida ikkilamchi mavqeʼida bo‘lishini istaydi, yaʼni AQShning, Xitoyning va Rossiyaning manfaatlari. Lekin O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasining manfaati Afg‘onistonda strategik tinchlik va barqarorlik bo‘lishi.

– Toliblarning hukumat tepasiga kelishi qisqa muddat ichida ro‘y berdi. Bu jarayonni deylik, gegemon davlatlar tomonidan oldindan istalgan holat edi deya qarash mumkinmi? Boz ustiga O‘zbekiston ham Tolibon qochqindalik paytidayoq u bilan munosabatlarini yaxshilashni boshlab yuborgan edi…

– Bilasizmi, odatda hokimiyatlar, hukumatlar va tahlil markazlari bir necha yil keyingi vaziyatni modellashtirishga harakat qilishadi. Demak toliblarni hokimiyatga kelishini yoki aniqrog‘i Amerika tomonidan o‘rnatilgan siyosiy tizimni yiqilishini istagan davlatlar bor, albatta. Bu birinchi o‘rinda Rossiya Federatsiyasi va qisman Xitoy Xalq Respublikasi, deyish mumkin. Chunki toliblar bilan muzokalar olib borishga va munosabatlarni ijobiylashtirishga Pokiston orqali Xitoy ham erishgan edi. Demak, O‘zbekiston taxminan 2 yillarcha oldin toliblar bilan muzokaralarni amalga oshira boshladi.

– Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Jahon savdo tashkiloti. O‘zbekiston uchun, keling, bugungi demaylikda, kelajakdagi O‘zbekiston uchun qaysi bir tashkilotga yaqinligimiz manfaatli?

– Mening qarashimga ko‘ra, O‘zbekiston imkon qadar tezroq Jahon savdo tashkilotiga kirishi kerak. Chunki bu O‘zbekistonning potensialini, savdo-iqtisodiy hamkorligini anchagina oshiradi. O‘zbekistonda shakllangan ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi va O‘zbekiston xalqining isteʼmol qilish darajasini oshiradi. Nima uchun? Chunki O‘zbekiston jamiyati va xalqi monopoliyalardan judayam qiynalayotgan bir aholi deb hisoblayman.

– Rossiya, Xitoy va AQSh yoki Yevropa: O‘zbekistonning o‘rni qayerda?

–      O‘zbekistonning o‘rni ana shu to‘rtta vektorning, to‘rtta tomonning markazida. Yaʼni O‘zbekistonning ko‘p vektorli siyosati, milliy manfaatlariga asoslangan hamkorligi. Masalan, Rossiya bilan munosabatlar shunday bo‘lishi kerakki, biz Rossiyadan geosiyosiy mustaqillikni saqlashimiz kerak, lekin uzilishimiz ham kerak emas. Keyingi ikki asrda O‘zbekiston Rossiya bilan juda ham kuchli bog‘landi. Mana shu uzilish, to‘laqonli iqtisodiy gumanitar uzilish O‘zbekistonning manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin ayni paytda to‘laqonli yutilish ham O‘zbekiston uchun tahdid hisoblanadi. Bu, demak, ham uzilmaslik, ham yutilmaslik.

 

Olimjon Hasanov suhbatlashdi


Siyosat


														
														Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlad…
19:18 / 15.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi
18:57 / 15.04.2024

														
														O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa f…
13:56 / 15.04.2024

														
														Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

“AQSh Ukrainaga haddan tashqari e’tibor qaratmoqda”.
15:40 / 05.04.2024

														
														Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Rossiya agentliklari Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotiga asoslanib xabar qilmoqda.
13:38 / 05.04.2024

														
														“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

Bu haqda bosh vazir Gustavo Adrianzen ma’lum qildi.
09:39 / 31.03.2024

														
														TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qula…
09:31 / 13.03.2024

														
														O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida qabulida bo‘ldi.
10:45 / 08.03.2024

														
														Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston Prezidentiga mustahkam sogʻliq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbeki…
15:05 / 23.02.2024

														
														Ozarbayjonning Armanistonni o‘qqa tutishi oqibatida arman askarlari yaralangan

Ozarbayjonning Armanistonni o‘qqa tutishi oqibatida arman askarlari yaralangan

Ma’lum qilinishicha, voqea Syunik tumanidagi Nerkin Xand qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
13:04 / 13.02.2024

Bu ham qiziq

Mirziyoyev Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Mirziyoyev Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Qonun milliy qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi Lex.uz saytida e’lon qilindi.
21:43 / 19.04.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Merey Omonboyeva Palataning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda – Savdo-sa…
16:40 / 19.04.2024
Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
08:22 / 19.04.2024
Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib b…
11:55 / 19.04.2024
Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Bir necha oy o‘tgach, yulduzli juftlik chaqaloqni muxlislarga ko‘rsatishga qaror qilishdi.
13:50 / 19.04.2024
Saida Mirziyoyeva “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Mirziyoyeva bu haqida rasmiy sahifasida ma'lum qilgan.
21:27 / 19.04.2024
Nega bolalarda semizlik kasalligi oshmoqda?

Nega bolalarda semizlik kasalligi oshmoqda?

Bolalikdan semirish insonning katta yoshda ham ortiqcha vaznga moyilligini oshiradi.
11:19 / 19.04.2024
Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Meta korporatsiyasining Facebook, Instagram va Messenger kabi boshqa mahsulotlarini hozircha yuklab olish imkoniyati bor.
13:54 / 19.04.2024
“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

Buning uchun bank kartasi qaysi tashkilotga tegishli boʻlsa, oʻsha bankning “Call-markazi”ga qoʻngʻiroq qilish kifoya.
12:03 / 19.04.2024
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommav…
19:27 / 18.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!