$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

Soatlab sayr qilishga arziydigan dunyodagi eng chiroyli botanika bogʻlari

11:58 / 11.12.2021

Bogʻlarga zamonaviy odamlar dam olish uchun tashrif buyurishadi, bu yerda ular hordiq chiqarishlari, atrofdagi goʻzallik va tabiatning ulugʻvorligidan zavqlanishlari mumkin. Agar bu dunyodagi eng noyob va noodatiy oʻsimliklar bir joyga toʻplangan, gullar va ekzotik butalardan ajoyib ekspozitsiyalar yaratilgan, favvora va koʻllari mavjud botanika bogʻi boʻlsa, undagi sayr unutilmas voqea boʻlib qoladi va bogʻga kelgan odamga cheksiz zavq beradi.

Ботанические сады – самые восхитительные и любимые достопримечательности любого города и целой страны.

Dunyodagi hamma mamlakatlar ham bunday ajoyib va diqqatga sazovor maskanlari bilan maqtana olmaydi. Biz sizni dunyodagi eng chiroyli va hayratlanarli botanika bogʻlari bilan tanishtirishga qaror qildik, bu yerga kelgan odamning ketgisi kelmay qoladi. Rang-barang gulzorlar ichidan sayr qilish, tabiat goʻzalligidan bahra olish uchun bu yerlarga kelgan odamlar arxitektura shedevrlari bilan toʻla boʻlishiga qaramay shaharlar haqida unutib qoʻyishadi.

1. Versal saroy-bogʻ kompleksi (Parij, Fransiya)

Parijdagi Versal bogʻlari – ona tabiatning ulugʻvorligi va goʻzalligini odam qoʻli bilan moʻjiza koʻrinishiga keltirish mumkinligini isbotlaydi. Lyudovik XIII ga tegishli boʻlgan ov uyi vaqt oʻtishi bilan uning avlodlari tomonidan haqiqiy saroy koʻrinishiga keltirilgan. Saroyning atrofi hashamatli bogʻ bilan oʻralgan va Fransiyaning diqqatga sazovor maskanlari orasida mashhur boʻlib ketgan.

Сады и парки Версаля в Париже (Франция). | Фото: dizaynland.ru.

Lyudovik XIV bu yerlarda chiroyli va tengi yoʻq bogʻ yaratishga qaror qilgan, u betakror bogʻ yordamida mamlakat qirolining qanchalik buyuk va qudratli odam ekanligini boshqalarga koʻrsatib qoʻyishni xohlagan. Chunki oʻsha vaqtlarda dunyoda Versalga teng kela oladigan bitta ham bogʻ boʻlmagan.

Всего в садах насчитывается 1400 фонтанов, которые работают круглосуточно (Дворцово-парковый комплекс Версаль, Франция). | Фото: gursesintour.com.

Versal saroy-bogʻ kompleksining 900 gektarli hududida nafaqat tabiiy eksponatlar, balki haykallar, favvoralar, sunʼiy gʻorlar va koʻllar bor. U qirollar va saroy elitasining eng sevimli maskani boʻlgan. Bugun esa Versal bogʻida sayr qilish uchun har yili bir necha milliondan ortiq sayyohlar Fransiyaga kelishadi. U YUNEKSOning butunjahon madaniy meroslari roʻyxatiga kiritilgan.

Сады и парк Версаля являются основной частью Национального достояния Трианон и Версаля (Франция). | Фото: mirkrasiv.ru.

2. Rio-de-Janeyro botanika bogʻi (Braziliya)

Rio-de-Janeyro shahridagi botanika bogʻiga 1808-yilda Portugaliya qiroli Ioann VI tomonidan asos solingan. Bogʻning hududi nisbatan kichkina – 140 gektar. Dastlab uning hududida foydali va mashhur ziravorlar, Hindistondan olib kelingan oʻsimliklar, muskat yongʻogʻi, dolchin, qalampir oʻstirilgan.

Один из старейших ботанических садов мира (Rio de Janeiro Botanical Garden). | Фото: ru.wikipedia.org.

Biroq, vaqt oʻtishi bilan bogʻ ekzotik oʻsimliklarning haqiqiy makoniga aylanib ketdi. Bugun uning hududida flora dunyosining 6500 dan koʻproq turiga mansub oʻsimliklar oʻstiriladi.

Удивительные экспонаты представлены в ботаническом саду Рио де Жанейро (Бразилия). | Фото: yandex.kz.

Ularning baʼzilari yer yuzidan deyarli yoʻq boʻlib ketgan. Bogʻga tashrif buyurgan mehmonlar bu yerda bromeliya, orxideya, ignabargli daraxtlar va ekzotik kaktuslarni ham tomosha qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ushbu ajoyib majmuada botanik kutubxonada ham bor. Kutubxonada mevalarning quritilgan namunalari, Braziliyada oʻsadigan noyob daraxtlarning barglari va koʻplab ajoyib fotosuratlar saqlanadi.

 Ботанический сад в Рио-де-Жанейро (Бразилия). | Фото: tournavigator.pro.

Bu yerga kelib fantastik maskan ichidagi kaktuslar, yapon bogʻlari, “His-tuygʻular bogʻi” va hatto Amazonka manzarasini aks ettirib bergan “Baliqchilar koʻli”ni ham tomosha qilish mumkin. Mashhur Lago Frey Leandro hovuzida esa “Viktoriya” deb nom berilgan noyob suv nilufarlari oʻsadi.

Гостей природного оазиса зачастую развлекают пушистые обитатели (Ботанический сад в Рио де Жанейро, Бразилия). | Фото: rutraveller.ru.

Qoʻriqxona ansambli hududini favvoralar, haykallar, tarixiy yodgorliklar bezab turadi. Bu yerda kaputsin maymunlari, marmozetkalar, omadingiz kelib qolsa tukan qushlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Bogʻ hududi va uning yaqin atroflarida 140 turga mansub qush yashaydi, ularning orasida ham quruqlikda, ham suvda yashaydigan parrandalar bor, afsuski ularning baʼzilarini yovvoyi tabiatda uchrata olmaysiz. Ushbu hayratlanarli va betakror bogʻ 1992-yilda YuNESKOning biosfera qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan.

3. Singapur botanika bogʻi (Singapur)

Zamonaviy megapolis markazida, Orxideyalar milliy bogʻi va “Koʻrfaz sohilidagi bogʻ” kompleksida Singapur botanika bogʻi joylashgan. Ushbu ekzotik hudud futuristik uslubda yaratilgan fantastik bogʻlarga oʻxshab ketadi va 150 yildan beri ishlab keladi.

Самый фантастический сад мира (Singapore Botanic Gardens). | Фото: artinheart.ru.

Sayyohlar bu yerda nafaqat noodatiy daraxtlar va gʻalati shaklga ega oʻsimliklarni, balki koʻplab koʻpriklar va daraxtlarga oʻxshatib ishlangan konstruksiyalarni ham koʻrishlari mumkin. Bunday fantastik konstruksiyalarning har bittasini maxsus sinch suyab turadi, usti va yon tomonlariga esa qirqquloq va tropik oʻsimliklar ekilgan.

Фантастический «Сад у залива» имеет просто нереальное ландшафтное оформление (Singapore Botanic Gardens). | Фото: lifter.com.ua.

Ushbu noyob majmua hududida Orxideyalar milliy bogʻi ochilgan, bu yerda orxideya oʻsimligining dunyodagi eng katta kolleksiyasini koʻrishingiz mumkin.

Сингапурский ботанический сад ежегодно посещает несколько миллионов туристов (Singapore Botanic Gardens). | Фото: lifter.com.ua.

Bor-yoʻgʻi 3 gektar yer hududida orxideya gulining 60 mingtadan koʻp turini qanday qilib yetishtirganlarini tasavvur qilish qiyin.

В Национальном саду орхидей собрана самая большая в мире коллекция этих волшебных цветов (Singapore Botanic Gardens). | Фото: traveltriangle.com.

Eng yoqimli tomoni shundaki, ushbu tropik hudud boshqa bogʻlarga ulanib ketgan va mehmonlar uchun har kuni soat 5:00 dan 24:00 gacha ishlaydi.

4. Nong Nuch tropik bogʻi (Tailand)

Tailand hududidagi Nong Nuch tropik bogʻi Janubiy Sharqiy Osiyodagi eng katta botanika bogʻlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda yoʻqolib ketish arafasida turgan ekzotik va tropik oʻsimliklarning juda koʻp turi oʻstiriladi.

Потрясающие живые композиции украшают территорию тропического сада Nong Nooch Tropical Garden (Таиланд). | Фото: gardener.ru.

Ushbu qoʻriqxona turli hil uslublarda yaratilgan jonli kompozitsiyalar bilan bezatilgan, bu yerdan noyob oʻsimliklar, orxideyalar va kaktuslar bogʻiga ham borish mumkin.

Nong Nooch Tropical Garden – этот чудо-сад создан в европейском стиле, украшенный тайскими архитектурными элементами (Таиланд). | Фото: webmechta.com.

Qoʻriqxona hududida kapalaklar bogʻi, ikkita ulkan sunʼiy hovuz, teatr, hayvonot bogʻi, landshaft arxitekturasi kolleji va kichik temir yoʻl ham bor.

Не только тропические растения украшают территорию ботанического сада No(ng Nooch Tropical Garden, Таиланд). | Фото: liveinternet.ru.

5. Monreal botanika bogʻi (Kanada)

Bugungi kunda Monreal botanika bogʻi shahardagi eng mashhur joylardan biriga aylangan, uni shunchaki diqqatga sazovor maskan deb emas, mahalliy odamlar va yiliga bir necha million sayyoh tashrif buyuradigan joy deb ham bilishadi. Kanadaning sovuq iqlim sharoitida noyob oʻsimliklarni saqlash oson emas, Monreal botanika bogʻi esa ularni yetishtirish bilan birga dunyodagi eng chiroyli botanika bogʻlaridan biri deb tan olinadi.

Живые скульптуры украшают всю территорию Монреальского ботанического сада. | Фото: planetofhotels.com.

Bogʻning ulkan hududi 30 ta qismga boʻlingan, bu yerda umumiy hisoblaydigan boʻlsak, 26 mingtadan koʻproq turdagi oʻsimlik oʻsadi. Bogʻda 10 tadan koʻp koʻrgazma zallari ham bor. Alohida qismlarga boʻlingan hududlar maʼlum mintaqa yoki mamlakat oʻsimliklarini emas, ularning anʼanalarini ham aks ettiradi.

Монреальский ботанический сад – настоящее воссоединение природы и человеческой фантазии. | Фото: vmireinteresnogo.com.

Sayyohlar bu yerga koʻproq zaharli oʻsimliklar, atirgullar va Alp togʻi oʻsimliklari bogʻini koʻrish uchun kelishadi. Noyob oranjereyalar va bogʻ hududi mehmonlarga butun yil boʻyi xizmat koʻrsatadi. Biroq, sayyohlar botanika bogʻiga koʻproq fevral-aprel oylarida kelishadi. Shu oylarda bogʻ ichida “Butterflies Go Free” kapalaklar koʻrgazma-shousi oʻtkaziladi.

В 2007 году ботанический сад включен в список канадских исторических мест (Canada’s Historic Places). | Фото: yandex.kz.

6. Nyu-Yorkdagi Bruklin botanika bogʻi (AQSh)

Bruklin botanika bogʻini zamonaviy megapolis markazida joylashgan chiroyli orolcha desa boʻladi. Uning maydoni oʻta katta emas, bor-yoʻgʻi 100 gektarga teng. Shunga qaramasdan bogʻ ichida bir milliondan ortiq oʻsimlik oʻstiriladi. Oʻsimliklarning hammasi 50 ta kolleksiyaga ajratilgan. 

Самая любимая пора для посещений сада, когда цветут сакуры, магнолии и вишни (Brooklyn Botanic Garden). | Фото: newyork4rus.blogspot.com.

Baʼzi bogʻlardagi oʻsimliklar uchun maxsus sharoitlar yaratilgan, bu bogʻlarda yomgʻir tez-tez yogʻadigan tropik oʻrmonlardan olib kelingan oʻsimliklar, sahro kaktuslari oʻstiriladi. Ular orasida qadimiy daraxtlar namoyish qilinadigan ekspozitsiyalar ham bor.

Для некоторых видов растений созданы особые условия (Brooklyn Botanic Garden). | Фото: gardener.ru.

Botanika bogʻi hududiga bir nechta oranjereya, alpinariya, nilufar gullari va toshlar bilan bezatilgan suv havzalari qurilgan. Ularning atrofiga azaliya, orxideya gullari ekilgan. Gilos gullari bogʻi – hammasidan chiroyli. Ushbu kompleks shahar odamlari va mehmonlar uchun butun yil davomida ochiq boʻladi. Botanika bogʻi shahardagi eng mashhur joylardan biri, shuningdek ilmiy tadqiqot bazasi hisoblanadi.

Территория ботанического сада является самой восхитительной достопримечательностью Нью-Йорка (Brooklyn Botanic Garden). | Фото: tournavigator.pro.


Qiziqarli


														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

														
														Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Hozircha yangi modelning narxi rasman e’lon qilinganicha yo‘q.
12:39 / 10.03.2024

Bu ham qiziq

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024
Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi.
12:55 / 24.04.2024
O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024
Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
02:19 / 25.04.2024
AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

Amerikadagi o‘rtacha oyliklar bilan tanishing.
15:59 / 22.04.2024
Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
15:13 / 23.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!