$
12694.96 UZS
23.12
134.66 UZS
0.02
13508.71 UZS
39.81
22° Kechasi 10°

Sobchak, Urgant, Todorenko – Dmitriy Peskov kimni davlat dushmani deb hisoblamasligini aytdi

09:35 / 05.04.2022

Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Belarus televideniyesiga intervyu berib, kimlarni “davlat dushmani” deb hisoblamasligini aytdi.

“(Kseniya) Sobchak, (Ivan) Urgant, (Regina) Todorenko – ular davlat dushmani emas. Hammasi boshlanganda, baʼzi odamlar qoʻrqib ketdi. Ulardan biri “Men uzoq vaqt taʼtilga chiqaman” deb ketdi. Hamma turlicha ish tutdi. Qoʻrqib ketgan, tushunmaganlar ham bor va ular davlat dushmani emas. Qoʻshiqchi boʻlsangiz, siyosatda hech narsani tushunmaysiz. Siz yaxshi qoʻshiq kuylashingiz lozim. NATOning kengayishini tushunishga majbur emassiz”, – deydi Peskov.

Matbuot kotibining taʼkidlashicha, u “Vecherniy Urgant” telekoʻrsatuvi boshlovchisini oʻz fikrini bildirish huquqiga ega boʻlgan buyuk vatanparvar deb hisoblaydi. Lekin u oʻz fikrini televideniyeda aytmasligi kerak edi.

“Agar siz “Birinchi kanal” (Perviy kanal – Rossiya telekanali, -tahr.) boshlovchisi boʻlganingizda, hamma narsani tushunardingiz. Lekin bu holatda men Urgantni juda yaxshi bilaman. U buyuk vatanparvar. U oʻz nuqtai nazariga ega boʻlishi mumkin. Biroq, uni “Birinchi kanal”da olib chiqishga haqqi yoʻq edi. Lekin u bunday qilmadi. Shunday odamlar borki, nafaqat tushunmay, balki qoʻrqqanidan ham hokimiyatdan ayb qidiradi, harbiylarimizga hujum qila boshlaydi. Bular davlat dushmanlardir”, – degan prezident Matbuot kotibi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ivan Urgant Isroilga koʻchib ketishi haqidagi mish-mishlar tarqalgan, keyin esa bu xabarlar rad etilgan edi. Shu bilan bir qatorda, “Vecherniy Urgant” shousini yopish ham muhokama qilingan. Chunki shou jamoasi efirda Ukrainadagi hujumga qarshi chiqmoqchi boʻlgan, bu esa dasturning translyatsiya tarmogʻidan uzilishiga sabab boʻlgan.

Maʼlumot uchun, Rossiya ommaviy axborot vositalari va madaniyat arboblarining Rossiyadan chiqib ketishi ayni damda eng koʻp muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. Alla Pugacheva, Choʻlpan Xamatova, Zemfira va boshqalar allaqachon mamlakatni tark etgan. Biroq, baʼzi mashhurlar mamlakat uchun qiyin paytda Rossiyadan “qochishni” qoralamoqda va oʻzlari ham koʻchib ketishni rejalashtirmayapti.


San'at


														
														“Ocean Art 2023” tanlovida g‘olib bo‘lgan fotosuratlar e’lon qilindi

“Ocean Art 2023” tanlovida g‘olib bo‘lgan fotosuratlar e’lon qilindi

O‘tgan yilgi "Ocean Art" tanlovi g‘oliblarining ajoyib suv osti fotosuratlarini ko‘rib zavrlanish mumkin.
12:26 / 28.01.2024

														
														Aktyor bo‘ydoqlarga maslahat berdi

Aktyor bo‘ydoqlarga maslahat berdi

Hamda o‘zining hayotiy tajribalari va xulosalarini muxlislari bilan bo‘lishdi.
12:12 / 20.01.2024

														
														2024-yilda urfga kiradigan 9 ta rang

2024-yilda urfga kiradigan 9 ta rang

Sizga Pantone modalar uyi taqdim qilgan ro‘yxat bo‘yicha yozgi mavsum uchun tanlovlarni amalga oshirishga yordam beramiz.
17:57 / 17.01.2024

														
														Dunyodagi eng mashhur besh muzey

Dunyodagi eng mashhur besh muzey

Dunyo tan olgan eng ko‘hna besh muzey haqda ma’lumot beramiz.
12:37 / 17.01.2024

														
														Jidda shahrida Haj va umra vazirligi bilan kelishuv imzolandi

Jidda shahrida Haj va umra vazirligi bilan kelishuv imzolandi

Haj va umra vaziri so‘nggi yillarda O‘zbekiston eng yaxshi natijalarga erishayotgani va jadal taraqqiy etayotganini ta’kidla…
16:14 / 08.01.2024

														
														Birinchi xonimlar Xitoy san’at va hunarmandchilik muzeyida bo‘ldi

Birinchi xonimlar Xitoy san’at va hunarmandchilik muzeyida bo‘ldi

Pekin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi doirasida sammitga kelgan delegatsiyalar rahb…
14:09 / 18.10.2023

														
														Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati namoyish etildi

Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati namoyish etildi

"Bir makon, bir yo‘l" forumi doirasida Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va O‘zbekiston F…
12:22 / 30.09.2023

														
														Aktrisa Inna Churikova vafot etdi

Aktrisa Inna Churikova vafot etdi

Rossiyaning taniqli teatr aktrisasi og‘ir kasallikka chalingan edi.
17:58 / 14.01.2023

														
														Jastin Biber o‘z qo‘shiqlariga bo‘lgan huquqlarni million dollarga sotib yubormoqchi

Jastin Biber o‘z qo‘shiqlariga bo‘lgan huquqlarni million dollarga sotib yubormoqchi

Hozirda ushbu kelishuv muhokama qilinmoqda.
09:44 / 22.12.2022

Bu ham qiziq

Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning klubi qiziqish bildirmoqda

Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning klubi qiziqish bildirmoqda

Abbosbekning Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.
14:19 / 17.04.2024
Litva aholisi qarib bormoqda

Litva aholisi qarib bormoqda

Bu mehnat bozoriga salbiy ta’sir qilmoqda.
10:14 / 17.04.2024
Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:32 / 18.04.2024
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi

Bu haqda Qirg‘iziston IIV xabar qildi.
09:18 / 18.04.2024
Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

"Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari endi mehnat sharoitlari va juda past maoshlarning garovi bo‘lmasligi k…
11:44 / 17.04.2024
Shavkat Mirziyoyev transport va qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev transport va qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Taqdimotda mazkur loyihalar bo‘yicha bir nechta takliflar ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarga loyihalarni takomillashtirish, qul…
22:21 / 16.04.2024
Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
12:13 / 18.04.2024
Hindiston aholi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi

Hindiston aholi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi

Ikkinchi o‘rinda 1,425 milliard kishi istiqomat qiluvchi Xitoy turadi.
11:38 / 18.04.2024
Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.
09:27 / 18.04.2024
18-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

18-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
17:01 / 17.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!