Ushbu rahbarlar korrupsiya bo‘yicha ayblangan edi.
Zepp Blatter va Mishel Platini korruptsiyada ayblanib oqlandi.
Avvalroq Shveytsariya Bosh prokuraturasi FIFA sobiq prezidenti Blatter va UEFA sobiq prezidenti Platinini firibgarlik, mablag‘larni o‘zlashtirish, jinoiy ravishda noto‘g‘ri boshqarish va hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblagan edi. 2011-yilda ular prokurorlar noqonuniy deb hisoblagan 2 million Shveytsariya franki (2,08 million dollar) miqdoridagi to‘lovni tashkil qilishgan.
Ikkala funksioner ham o‘z ayblarini rad etdi. Platini va Blatter Mishelning 1998-2002-yillardagi konsalting faoliyati bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishganini aytishdi.
Ular besh yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan. Keyin prokuratura ularga 18 oy sinov muddati so‘ragani ma’lum bo‘ldi.
Bugun Shveytsariya sudi FIFAni 17 yil boshqargan Blatter va UEFAga rahbarlik qilgan Platinini aybsiz deb topdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!