Vyursburg universiteti olimlari toza havoda sayr qilish va oddiy badantarbiya mashqlari ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishini isbotlab berishdi.
Oʻtkazilgan bir nechta tadqiqotlar jismoniy faollik odamdagi ijodiy fikrlash qobiliyatiga bevosita taʼsir qilishi va yaxshi oʻzgarishlarga sabab boʻlishini koʻrsatgan. Tadqiqotda 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan 60 nafar talaba ishtirok etgan. Ularga turli buyumlarni ifodalovchi soʻzlar roʻyxati taqdim etilgan. Tajriba soʻnggida ishtirokchilardan soʻzlar yordamida ifodalangan buyumlardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin boʻlsa, ularning barchasini sanab berish talab etilgan. Jarayon davomida ishtirokchilarning bir guruhiga xona boʻylab faol harakatlanish, zalning bir burchagidan ikkinchi tomonga qarab yurish uchun ruxsat berilgan. Ikkinchi guruh esa masalani yechish davomida bitta joyda oʻtirishi kerak boʻlgan.
Xona boʻylab erkin harakatlangan guruh aʼzolari tajribada yaxshiroq natijani qayd etishgan.
Olimlarning aytishlaricha, harakatlanishga doir har qanday cheklov kreativlik koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir qiladi. Mutaxassislar tadqiqot soʻngida har kuni toza havoda sayr qilish, sportning istalgan turi bilan shugʻullanish, badantarbiya qilish, jismoniy faollikning har qanday turi ijodiy qobiliyatni ragʻbatlantirishi haqidagi xulosaga kelganlar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!