Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, mohir endovaskulyar jarroh Xurshid Hakimov boshchiligida buyrak arteriyasida murakkab stentlash amaliyoti oʻtkazildi.
Bemor arterial qon bosimi 220/160 mm. simob ustunidan tushmaganligi va qilingan muolajalar samara bermagani sababli murojaat qilgan.
Markaz mutaxassislari tomonidan funksional va laborator tekshiruvlar oʻtkazilgach, bemorning buyrak arteriyasida aterosklerotik torayish aniqlangan. Shundan soʻng unda yuqori texnologik stentlash operatsiyasi bajarilgan.
Qayd etilishicha, amaliyotdan soʻng qisqa vaqt ichida bemorning ahvoli ijobiy tomonga oʻzgargan. Shikoyatlar kamayib, umumiy ahvoli yaxshilangan. Hozir u shifokorlar nazorati ostida kerakli muolajalarni olmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!