NATO rahbari Yens Stoltenberg tashkilotni harbiy xarajatlarni oshirishga chaqirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Tashkilot bosh kotibiga ko‘ra, NATOda mudofaa xarajatlari YaIMning 2 foizini tashkil etish darajasi asosiy hisoblanadi.
“YaIMning 2 foizi yuqori chegara emas, bazaviy ko‘rsatkich sifatida qabul qilinmoqda. Madriddagi NATO sammitida umumiy xavfsizlik uchun NATOga sarmoyani oshirishga kelishib olamiz”, degan u.
Shu bilan birga, bosh kotib alyans aʼzolari sarmoyalarni koʻpaytirishda davom etishini taʼkidladi.
Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, mudofaa xarajatlarini yanada oshirish masalasi 28–30-iyun kunlari NATO sammiti bo‘lib o‘tadigan Madridda muhokama qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!