Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Luis Suares karyerasini Braziliyaning “Korintians” klubida davom ettirishi mumkin.
Janubiy amerikaliklar 2022-yilning yozida “Atletiko” bilan shartnomasi tugaydigan futbolchini Braziliya A Seriyasiga olib kelmoqchi. Madrid klubi hozircha urugvaylik forvardga yangi shartnoma taklif etishni istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli forvard o‘tgan yilning sentyabrida 7 million yevro evaziga “Barselona”dan “Atletiko”ga o‘tgandi va “matraschilar” safidagi ilk mavsumidayoq La-Liga chempionligi qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!