“PSJ” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “MYU” bosh murabbiyligi lavozimida ish boshlashga tayyor.
‘Manchester Evening News’ o‘z sahifalarida xabar berishicha, argentinalik murabbiy yozni kutmasdan, hozirdanoq Manchesterga kelish haqida o‘ylamoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozirda jamoaning bo‘lajak o‘yinlari Maykl Kerrikka ishonib topshirilgan.Maurisio Pochettino avvalroq Angliyada “Sautgempton” va “Tottenxem” jamoalari boshqaruvida ishlagan.
Argentinalik murabbiy qo‘l ostida har ikkala jamoa ham sifatda oldinga siljishgan, ammo Pochettino hech qachon shogirdlari bilan sovrinlar yuta olmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!