“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoasining FIFA kunlaridan keyingi holati haqida fikr bildirdi. Mutaxassis shuningdek, “mankunianlar”ni g‘alabali yo‘lga qaytarish rejalari haqida gapirdi.
“Albatta, biz hozirgi yomon ahvolimiz tufayli katta bosim ostida turganligimizni tushunib turibmiz. Ammo, bu bir tomondan ijobiy holat, bizni motivatsiyaga undaydigan nuqtaga aylanishiga ishonaman.
Asosiysi, “Lester” bilan o‘yingacha bo‘lgan ishonchni qaytarish. O‘ylaymanki, bu tanaffus biz uchun yaxshi ta’sir qiladi”, - deya norvegiyalik mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltiradi klub matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, birozdan keyin “Yunayted” va “Uotford” o‘rtasidagi qarama-qarshilik boshlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!