AQSh yetakchiligidagi “Islomiy davlat” terrorchilik tashkilotiga qarshi xalqaro koalitsiya Suriyadagi operatsiya davomida guruhning yuqori martabali yetakchisini qo‘lga oldi. Bu haqda “Reuters” koalitsiya bayonotiga tayanib, xabar bermoqda.
Hozircha, maxsus operatsiya tafsilotlari keltirilmagan. Shuningdek, qo‘lga olingan jangari shaxsi ham oshkor etilmagan.
Qayd etish joiz, joriy yil may oyi oxirida Turkiya razvedka xizmatlari Istanbulda IShID yetakchisi Abu al-Hasan al-Kurayshni qo‘lga oldi. U guruhni 2022-yil martida akasi, IShIDning sobiq yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘limidan so‘ng qabul qilgan. Uning haqiqiy ismi Juma Avad al-Badri. G‘arb razvedka xizmatlariga ko‘ra, u 2003-yilda AQSh harbiylari mamlakatga bostirib kirganidan beri Iroqning turli radikal guruhlari a’zosi bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!