“Islom Davlati” terroristik tashkiloti a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi.
DXX Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 1969-yilda Xiva shahrida tug‘ilgan fuqaro “D.U.” o‘g‘li – 1994-yilda tug‘ilgan “D.X.” bilan birgalikda 2009-2015-yillarda Rossiya Federatsiyasida mehnat migranti sifatida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolarining ta’siriga tushib qoladi.
Natijada, 2015-yilning sentyabr oyida ota-bola o‘zlarining shaxsini oshkor qilmaslik maqsadida Tojikiston Respublikasining soxta pasportini rasmiylashtirib, Turkiya orqali Suriya davlatiga borishadi hamda “Islom Davlati” xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari safiga qo‘shilib, jangovor harakatlarda ishtirok etishadi.
Keyinroq “D.U.” Suriyadan MDH davlatlaridan biriga qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida qaytib keladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining xorijiy hamkorlar bilan birgalikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “D.U.” ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
Ta’kidlash lozimki, qo‘lga olish vaqtida “D.U.” faol qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, keyingi jarayonlarda u o‘zining “jihod” qilish borasidagi qarashlaridan voz kechmaganligini bildirgan.
Hozirda “D.U.”ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, “D.U.”ning o‘g‘liga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!