Davlat xavfsizlik xizmati o‘z qarindoshini o‘ldirish uchun, 50 million so‘mga qotillikka buyurtma bergan shaxsni qo‘lga oldi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 24-iyul kuni Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat prokuratura tezkor xodimlari hamkorligida Denov tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ushbu tadbir davomida aniqlanishicha, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi 66 yoshli fuqaro M.A. o‘z qarindoshini o‘ldirish uchun termizlik fuqaro A.B.ga murojaat qilgan.
Keyin u o‘zining tengdoshi bo‘lgan qarindoshini o‘ldirib berishi evaziga A.B.ga 50 million so‘m va’da qilgan.
Shundan so‘ng, M.A. oldindan kelishilgan puldan avans hisobida 1,8 million so‘mni “killerga” berayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!