$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

Tadbirkorni 30 000 AQSh dollariga “uxlatgan” “Dizayn” jamoasiga Oʻzbekistondan chiqish taqiqlandi

16:04 / 23.12.2021

22 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Dizayn” jamoasiga nisbatan sud qarori ijrosi taʼminlanmayotgani haqida tarqalgan xabarga nisbatan majburiy ijro byurosi rasman munosabat bildirdi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining 07.05.2021 yildagi daʼvogar S.S. ning javobgarlar (Dizayn jamoasi vakillari) D.M., Q.K., A.M. va S.F.ga nisbatan pul mablagʻlarini va foiz summasini undirish haqidagi daʼvo arizasiga asosan daʼvogar S.S. ning foydasiga solidar tartibda 315.815.400 soʻm pul mablagʻlari, 7.389.215 soʻm foiz summasi, 12.928.184 soʻm davlat boji, jami 336.132.799 soʻm undirish boʻyicha ijro varaqasi 2021 yilning 16-17 dekabr kunlari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga hududiy tuman boʻlimlariga yuborilgan.

Aniqlanishicha, qarzdor S.F.ning yashash manzili Yunusobod tumanida boʻlganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Yunusobod tuman boʻlimiga kelib tushgan.

Boʻlim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) 23-moddasiga asosan ijro ishi qoʻzgʻatish hamda Qonunning 421-moddasiga asosan javobgarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarorlari qabul qilingan.

Qarzdor S.F. ning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunning 21, 87-moddasiga asosan tashkilotlarga soʻrovnomalar yuborilgan boʻlib, uning hech qayerda ishlamayotganligi aniqlanib, nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalariga notarial holatlarni amalga oshirolmaslik uchun barcha taqiqlar qoʻyilgan.

Shuningdek, boʻlimi tomonidan 22.12.2021 yilda ijro hujjatidagi qarzdorlikni ijrosini toʻliq taʼminlanishi uchun qarzdor S.F. ning nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalariga qidiruv eʼlon qilinib, Toshkent shahar IIB YXXB boshligʻiga harakatda boʻlgan avtotransport vositalarini jarimaga maydoniga joylashtirish boʻyicha qarori qabul qilingan.

Qarzdor M.A.ning ham yashash manzili Yunusobod tumanida boʻlganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Yunusobod tuman boʻlimiga kelib tushgan.

Byuroning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi qoʻzgʻatish hamda Qonunning 421-moddasiga asosan javobgarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarorlari qabul qilingan.

Xususan, qarzdor M.A.ning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida, Qonunning 21, 87-moddasiga asosan tashkilotlarga soʻrovnomalar yuborilib, qarzdorlikni undirish boʻyicha ijro harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, javobgarning nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalariga notarial holatlarni amalga oshirolmaslik uchun barcha taqiqlar qoʻyilgan.

Shuningdek, boʻlimi tomonidan 22.12.2021 yilda ijro hujjatidagi qarzdorlikni ijrosini toʻliq taʼminlanishi uchun qarzdor M.A. ning nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalariga qidiruv eʼlon qilinib, Toshkent shahar IIB YXXB boshligʻiga harakatda boʻlgan avtotransport vositalarini jarimaga maydoniga joylashtirish boʻyicha qarori qabul qilingan.

Qarzdor Q.K.ning yashash manzili Chilonzor tumanida boʻlganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Chilonzor tuman boʻlimiga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining 20.08.2021 yildagi xatiga asosan ijro harakatlari toʻxtatilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining 11.11.2021 yildagi ijro harakatlarini davom ettirish toʻgʻrisidagi xati boʻlim ish yurituviga 19.11.2021 yil kuni kelib tushgan.

Qarzdorga nisbatan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, qarzdorga tegishli 2 ta avtotransport vositasiga va 1 ta koʻchmas mulkka taqiq qoʻyilgan.

Qarzdor D.M.ning yashash manzili Chilonzor tumanida boʻlganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Chilonzor tuman boʻlimiga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining 20.08.2021 yildagi xatiga asosan ijro harakatlari toʻxtatilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining 11.11.2021 yildagi ijro harakatlarini davom ettirish toʻgʻrisidagi xati boʻlim ish yurituviga 19.11.2021 yil kuni kelib tushgan.

Qarzdorga nisbatan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, qarzdorga tegishli 1 ta avtotransport vositasiga taqiq qoʻyilgan. Hozirda ijro harakatlari olib borilmoqda.


Shou-biznes


														
														20 yildan keyin Setora guruhi yana birga

20 yildan keyin Setora guruhi yana birga

Setora guruhi 1998-yili dastlab Setanho nomi ostida sinfdoshlar tomonidan tashkil etilgan. Guruhning “Sen borsan”, “Ohim”, “…
13:00 / 09.04.2024

														
														Gollivud aktyori Nikolas Keyj “Oskar”ga o‘zidan 31 yosh kichik sevgilisi bilan keldi

Gollivud aktyori Nikolas Keyj “Oskar”ga o‘zidan 31 yosh kichik sevgilisi bilan keldi

Juftlikning birga tushgan surati “Daily Mail” nashrida chop etildi.
13:04 / 12.03.2024

														
														Yulduz Usmonova qayg‘uli o‘tmishi, Turkiyadagi hayoti va O‘zbekistondagi to‘ylarga 15 ming yevroga kelgan paytlari haqida gapirdi

Yulduz Usmonova qayg‘uli o‘tmishi, Turkiyadagi hayoti va O‘zbekistondagi to‘ylarga 15 ming yevroga kelgan paytlari haqida gapirdi

Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti yoshlar nechta tilni bilishi kerakligi haqida ham gapirdi.
11:29 / 07.02.2024

														
														Billi Aylish “Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasida “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi

Billi Aylish “Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasida “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi

Tadbir NBS News tomonidan onlayn translyatsiya qilindi.
10:26 / 05.02.2024

														
														Timur Alixanov sevgilisi bilan orani ochiq qilganini maʼlum qildi

Timur Alixanov sevgilisi bilan orani ochiq qilganini maʼlum qildi

Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida maʼlum qildi.
09:14 / 05.02.2024

														
														Morgenshtern nega BAAga kiritilmadi?

Morgenshtern nega BAAga kiritilmadi?

Alisher bir necha marta jarimaga tortilgan, lekin u buni ommaga oshkor qilmagan.
14:42 / 27.01.2024

														
														Eng qimmat gonorar oladigan “kelin salomchi” aktrisa kim?

Eng qimmat gonorar oladigan “kelin salomchi” aktrisa kim?

Bu ishlarni hozirda taniqli san’atkorlar, teatr aktrisalari maromiga yetkazib amalga oshirishmoqda.
17:32 / 24.01.2024

														
														Sitora Farmonovaga o‘ldirish bilan tahdid qilishmoqda

Sitora Farmonovaga o‘ldirish bilan tahdid qilishmoqda

Sitora Farmonova ham unga munosib javob qaytargan.
14:24 / 24.01.2024

														
														Xonanda Shahzoda: “Hayvonlar ba’zi odamlardan iliqroq”

Xonanda Shahzoda: “Hayvonlar ba’zi odamlardan iliqroq”

San’atkor sayohatdagi kadrlarni ijtimoiy tarmoqlarida bo‘lishdi.
18:04 / 22.01.2024

Bu ham qiziq

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024
Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Faollar “uysizlikni jinoyat deb hisoblash” konstitutsiyaga zid deb umid qilmoqda.
15:44 / 24.04.2024
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

U 25-28-aprel kunlari oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
12:58 / 23.04.2024
O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024
Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Rishi Sunak seshanba kuni Polshaga tashrifi doirasida Ukrainaga 500 million funt sterlinglik yangi harbiy yordam paketini ra…
12:40 / 23.04.2024
AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

Amerikadagi o‘rtacha oyliklar bilan tanishing.
15:59 / 22.04.2024
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin.
17:45 / 22.04.2024
Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Stadion bir vaqtning o‘zida 45 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
08:54 / 23.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!