Milliarder Ilon Mask taniqli yozuvchi Stiven Kingni Twitter kompaniyasining bosh ofisiga suhbatga taklif qildi. Bunga qadar yozuvchi tadbirkorni uning ijtimoiy tarmoqni boshqarishdagi xatti-harakatlari uchun bir necha marta tanqid qilgandi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Ilon Maskka Stiven Kingni suhbatga chaqirish taklifini bergan. Milliarder esa bunga javoban “U taklif etildi” deb yozib qoldirgan.
King Twitter haqida bir necha bor soʻz yuritib, Maskning boshqaruvini tanqid qilgan, “Tesla” rahbari oʻz kompaniyasi yordamida amerikaliklarning avtomobillar haqidagi tasavvurlarini oʻzgartirib yuborgan boʻlsa-da, uning boshqaruvchilik qobiliyati Twitter platformasiga “mos kelmasligi”ni aytib oʻtgandi.
Mask ijtimoiy tarmoq faoliyati masalasida yozuvchining takliflarini tinglashga tayyor ekanligini qoʻshimcha qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!