Amerikalik yozuvchi Stiven King oʻzining Twitter'dagi sahifasida Rossiya va Ukraina inqiroziga munosabat bildirdi. U Donesk va Lugansk Xalq Respublikalari mustaqilligini tan olgan Putinning xatti-harakatlariga baho bergan.
Yozuvchining fikriga koʻra, Putin Ukraina masalasida oʻylamay ish tutdi.
“Janob Putin jiddiy xatoga yoʻl qoʻydi. U endilikda Tramp ishlamayotganini unutdi”, deb yozdi Stiven King.
Adibning obunachilari uning fikriga turlicha munosabat bildirishgan. Obunachilardan biri Rossiya Qrimni Tramp prezident boʻlguniga qadar oʻz hududiga qoʻshib olganini taʼkidlagan boʻlsa, yana biri LXR va DXR Tramp prezidentlik lavozimidan ketganidan keyin tan olinganini yozib qoldirgan. Internet foydalanuvchilarining bir qismi esa Stiven Kingga “urush muxlisi boʻlmaslik”ni maslahat berishgan.
Eslatib oʻtamiz, Stiven King xorror janrida ijod qiluvchi dunyodagi eng mashhur yozuvchilardan biri hisoblanadi. Uni adabiyot va kino muxlislari “Dahshatlar qiroli” deb atashadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!