Joriy yil 24–27-iyun kunlari Koreya Respublikasi taekvondo bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi.
Mavzuga doir: Taekvondo: Ulugʻbek Rashitov — Osiyo chempioni!
Qit’amizning eng kuchli sportchilari bilan kechgan bellashuvlarda 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, o‘zbek taekvondosida yangi sahifa ochgan hamyurtlarimiz diyorimizga qaytib keldi.
Mavzuga doir: Taekvondochi yigitlarimizdan tarixiy natija!
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida o‘tgan tantanali tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov va uning o‘rinbosari Sh.Mahmudov, MOQ Bosh kotibi O.Kasimov, Mudofaa vazirligi mutasaddilari, sportchilarimizning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Mavzuga doir: Taekvondo: oʻzbekistonlik sportchilar yana bir oltin va bronza medalini qoʻlga kiritishdi
Rasmiylar muzaffar taekvondochilarimizni qarshi olar ekan, ular qayd etgan ulkan natija davlat rahbari tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning samarasi ekanini alohida ta’kidladi. Mutasaddilar sportchilarimizni qo‘lga kiritilgan g‘alabalar bilan qutlab, kelgusida bundan-da katta marralarni zabt etishlariga ishonch bildirgan.
Mavzuga doir: Rafalovich qitʼamizda tengsiz, Osipova bronza medali sohibasi
Mavzuga doir: Taekvondo: O‘zbekiston eng yaxshi jamoa, murabbiy va sportchi sovrinlariga ega chiqdi!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!