Dunyoning ikkinchi raqamli raketka ustasi rossiyalik Daniil Medvedev “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining 1/8 final bosqichiga yoʻl oldi.
Medvedev 1 soat 57 daqiqa davom etgan, uchinchi davra bahsida niderlandiyalik Botik Van Zandshulpni uch setda 6:4, 6:4, 6:2 hisobida magʻlub etdi.
Endilikda Medvedev chorak finalga chiqish uchun avstraliyalik Kristofer OʻKonnell va AQSh vakili Maksim Kressi bahsi gʻolibiga qarshi kortga chiqadi.
Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan yilda “US Open” gʻolibi hisoblangan Daniil 2021-yilda “Australian open”ning finaliga qadar yetib kelgan edi. Oʻshanda Novak Jokovich uch setda 7:5, 6:2, 6:2 hisobida gʻalaba qozongan edi.
Eslatib oʻtish mumkin, avvalroq, oʻtgan yilgi AQSh ochiq chempionati gʻolibasi Emma Radukanuning “Australian Open”ni tark etgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!