Tennis bo‘yicha Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilgan Chellendjer turnirida hamyurtimiz Sanjar Fayziyev finalgacha yetib keldi.
Gretsiyalik Markos Kolovelonis bilan birgalikda juftliklar bahsida ishtirok etgan Sanjar musobaqaning 3-raqamli tennischi sifatida finalgacha yetib keldi va bosh sovrin uchun bahsda ukrainalik Aliksey Krutiy hamda tayvandlik Yu Xsiu Xsyuga 1:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida uch nafar hamyurtimiz – Humoyun Sultonov, Sanjar Fayziyev va Sergey Fominlar qatnashishgan edi. Biroq ularga ilk o‘yinlardayoq omad yetishmadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!