Avstraliyada tennis bo‘yicha mavsumning ilk musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
ATP Cup doirasida o‘tayotgan turnirda 16 mamlakat terma jamoasi to‘rt guruhga bo‘lingan holda kurash olib bormoqda. Har bir guruhda to‘rt jamoa 1-o‘rin uchun uzaro kuch sinashmoqda.
A guruhining favoriti deb e’tirof etilgan Serbiya terma jamoasi Novak Jokovichsiz qiyin ahvolga tushib qoldi. Yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda serblar Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Shu tariqa guruh g‘olibiga aylangan ispanlar endi final yo‘llanmasi uchun kortga tushadi.
D guruhida ishtirok etayotgan Polsha terma jamoasi esa Argentinani 3:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan oldin 1/2 finalga chiqdi. Dastlabki o‘yinda Kamil Mayxrjak Federiko Delbonisni mag‘lub etdi (6/3, 7/6). Ikkinchi bahsda esa Xubert Xurkach Diyego Shvarcmandan ustun keldi (6/1, 6/4). Juftliklar bahsida Shimon Valkov va Yan Jelinski Maksimo Gonsales hamda Andres Molteni tandemi ustidan 7/6, 7/6 hisobida ustun keldi.
Yaqin soatlar ichida barcha yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ladi. B guruhi g‘olibligi uchun Rossiya hamda Italiya o‘zaro kuch sinashayotgan bo‘lsa, C guruhida ishtirok etayotgan Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada va AQSH terma jamoalarining barida guruh g‘olibligi uchun imkon bor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!