Avstraliyada davom etayotgan ATP Сup turnirining uchinchi yarim finalchi mamlakati nomi ma’lum bo‘ldi.
B guruhi g‘olibligi uchun kurash olib borayotgan Rossiya hamda Italiya terma jamoalari so‘nggi turda o‘zaro bahs olib borishdi. Ilk bahsda Yannik Sinnerga qarshi kortga tushgan Roman Safiulin ikki set natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy bergan bo‘lsa – 6:7, 3:6. Tajribali Daniil Medvedev Matteo Berrettinini 6:2, 6:7 va 6:4 hisoblarida yengib, muvozanatni tikladi.
Juftliklar o‘rtasidagi uchrashuvda bo‘lsa Medvedev va Safiulin o‘ziga xos kichik kambek amalga oshirdi. Ilk setni 5:7 hisobida yutqazgan ruslar, keyingi ikki setda (6:4, 10:5) zafar quchib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!