“Tesla” kompaniyasi AQSHda “Model S” sedani va “Model X” krossoverlari narxlarini pasaytirdi, deya xabar beriladi kompaniya saytida. Bu joriy yilda ikkinchi marta avtomobillar qiymatining arzonlashtirilishidir.
Qayd etilishicha, narxlarni arzonlashtirish sotuv ko‘lamini oshirishga urinish bo‘lishi mumkin.
To‘liq g‘ildirakli “Model S” hozirda 89 990 AQSH dollaridan sotilmoqda, bu avvalgi 94 990 dollardan 5,2 foizga yoki taxminan 5 000 dollarga arzon. “Model S Plaid” esa ayni vaqtda 114 990 dollardan 4,3 foizga kamaygan holda 109 990 dollarni tashkil etmoqda.
To‘liq g‘ildirakli “Model X”ning narxi 99 990 dollarni tashkil etadi, bu 9,1 foizga yoki 10 000 dollarga (109 990 dollardan) pasaytirilgan miqdor hisoblanadi. “Model X Plaid” modellari 119 990 dollardan 8,3 foizga pasaygan holda 109 990 dollarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tish mumkin, narxlarning so‘nggi pasayishi yanvar oyida kuzatilgan, bu narx o‘zgarishidan biroz oldin avtomobil sotib olgan xaridorlarning noroziligiga sabab bo‘lgan edi.
“Tesla Model Z” va “Model Y” avtomobillari mart oyining oxiriga qadar 7500 AQSH dollari miqdoridagi federal soliq imtiyozi bilan sotuvga chiqariladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!