Milliarder Ilon Maskning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi 2021-yilning to‘rtinchi choragida elektromobil yetkazib berish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Natija tahlilchilar kutganidan sezilarli darajada oshib ketgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Tesla to‘rtinchi chorakda 308 600 ta, butun yil davomida 936 172 ta elektromobil yetkazib bergan. FactSet tomonidan tuzilgan konsensus prognoziga ko‘ra, Wall Street tahlilchilari Tesla to‘rtinchi chorakda 267 000 dona va 2021-yil davomida 897 000 dona yetkazib berishini kutgan. Hisobot davrida Tesla jami 305 840 dona to‘liq elektromobil ishlab chiqargan.
To‘liq yil davomida jo‘natmalar 2020-yilga nisbatan 87 foizga oshgan. Keyinchalik Ilon Maskning kompaniyasi 499 647 dona avtomobil yetkazib berilganidan o‘zining birinchi yillik daromadini ma’lum qildi. 2021-yilning uchinchi choragida transport vositalarini yetkazib berish hajmi 241 300 taga yetdi, bu Tesla tarixidagi eng yaxshi chorak hisoblanadi.
Model S flagman sedani va Model X yo‘ltanlamasini yetkazib berish Tesla’ning 2021-yildagi jami jo‘natmalarining 3 foizdan sal kamrog‘ini tashkil etgan. Model 3 va Model Y yetkazib berish 2021-yilning to‘rtinchi choragida 296 850 tani, butun yil davomida 911 208 tani tashkil etganligi qayd etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!