Amerikaning Tesla, Ford, GM, Rivian va Lucid kompaniyalari 2022-yilning so‘nggi bir necha oylarida elektromobillar narxini sezilarli darajada oshirdi. Ishlab chiqaruvchilar narxlarning oshishini akkumulyator materiallari narxining qoplanishi va benzin narxi oshishi, mahsulotlarga qiziqish ortishidan foydalanish bilan izohlagan.
The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta General Motors GMC Hummer elektr pikaplari narxini qariyb 7 ming dollarga oshirgan.
Avvalroq, Tesla kompaniyasi AQSh bozorida elektromobil narxlarini ko‘tarishni ma’lum qilgandi.
Qayd etilishicha, joriy yil may oyi oxirida AQShda elektromobilning o‘rtacha narxi 22 foizga o‘sdi va taxminan 54 ming dollarni tashkil qildi. Shu bilan birga, ichki yonuv dvigateliga ega avtomobilning o‘rtacha narxi 14 foizga oshib, 44 400 dollarni tashkil qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!