$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

Tesla poyga jamoalarini bepul akkumulyatorlar bilan ta’minlaydi

13:47 / 02.01.2022

Ilon Maskning Tesla kompaniyasi Formula SAE poyga elektromobillari jamoalariga homiylik qilishni va ularni bepul akkumulyatorlar hamda chegirmali uskunalar bilan ta’minlashni boshladi.

Qayd etilishicha, Tesla ushbu Formula SAE tanlovlarida qatnashgan sobiq talabalarni ko‘p bora ishga qabul qilgan.

Formula SAE — bu talabalar musobaqasi bo‘lib, unda jamoalar poyga avtomobili prototipini loyihalashtirishi va sinovdan o‘tkazishi kerak. So‘nggi o‘n yil ichida muhandislik fakulteti talabalari jamoalari orasida ayniqsa elektromobillar mashhur bo‘lgan.

Tesla kompaniyasining mexanik muhandisi Jon Furtadoning so‘zlariga ko‘ra, Tesla kompaniyasining ba’zi xodimlari musobaqada ko‘ngilli bo‘lib qatnashgan va poygalarda elektromobillarning ko‘pligidan hayratda qolgan. Shu sababli, Tesla poyga jarayonida ishtirok etishga va ba’zi jamoalarga bevosita homiylik qilishga qaror qilgan.

“Teslaning dunyoni barqaror energiyaga o‘tkazish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha missiyasi doirasida biz universitet talabalari jamoalarini butun dunyo bo‘ylab Formula SAE va Formula Student musobaqalarida elektromobillarni yaratishga intilishlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, - degan Gʻarbiy Vashington universitetining sobiq talabalaridan biri.

Xabarga ko‘ra, Tesla talabalarga jamoalarga qanday homiylik qilish bo‘yicha bir nechta variantni taklif qilgan. Ular 1000 tagacha Tesla akkumulyatorlari komponentlari yoki maxsus prototip komponentlarini ishlab chiqarishga buyurtma berish uchun 80 foizgacha chegirma olishlari mumkin.

Bundan tashqari, Tesla homiylik ostidagi jamoalarga o‘z loyihalarini dunyodagi yetakchi elektr quvvati muhandislari bilan ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi hamda loyihalash va tasdiqlash jarayonida talabalarni kerakli maslahat, ko‘rsatmalar bilan ta’minlashi qayd etilgan.



														
														Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024

														
														Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar mamlakat hukumatidan ta’limni bepul qoldirishni talab qilmoqda.
15:48 / 24.04.2024

														
														Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Faollar “uysizlikni jinoyat deb hisoblash” konstitutsiyaga zid deb umid qilmoqda.
15:44 / 24.04.2024

														
														Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024

														
														Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi.
12:55 / 24.04.2024

														
														“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

Bu haqida “Aamaj News” xabar berdi.
11:52 / 24.04.2024

														
														Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini yana bir bor tanqid qildi. U Isroil bos…
10:55 / 24.04.2024

														
														Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
15:13 / 23.04.2024

														
														Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan ob-havo xizmatining xabar berishicha, o‘tgan kecha orolning Sharqiy qirg‘og‘ida 80 dan ortiq zilzilalar sodir bo‘lib,…
09:42 / 23.04.2024

														
														Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Stadion bir vaqtning o‘zida 45 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
08:54 / 23.04.2024

Bu ham qiziq

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024
Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Stadion bir vaqtning o‘zida 45 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
08:54 / 23.04.2024
Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
16:58 / 24.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024
G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

Avvalroq, G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topilgani haqida xabar bergan edik.
10:30 / 23.04.2024
Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Bu haqda u “Six One News”ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
18:00 / 24.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar mamlakat hukumatidan ta’limni bepul qoldirishni talab qilmoqda.
15:48 / 24.04.2024
Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024
Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!