AQShning Texas shtati janubida tashlandiq yuk mashinasidan 46 kishining jasadi topildi. Bu haqda Associated Press rasmiy manbaga tayanib, xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 16 kishi xushsiz holda topilgan va tibbiy muassasaga yetkazilgan.
Agentlik manbasiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan muhojirlardir.
Bojxona va chegara xizmati vakilining aytishicha, voqea joyiga milliy xavfsizlik tergov guruhi yetib borgan va hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!