FIFA 2021-yilning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlish uchun yakuniy nomzodlarni eʼlon qildi.
Unga koʻra, yakuniy uchlikdan Robert Levandovski (“Bavariya”), Lionel Messi (PSJ) va Muhammad Salah (“Liverpul”) oʻrin oldi.
Qayd etish mumkin, mazkur eʼtirof uchun Karim Benzema (“Real”), Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”), Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”), Erling Xoland (“Borussiya Dortmund”), Jorjinyo, Ngolo Kante (ikkalasi ham — “Chelsi”), Kilian Mbappe hamda Neymar (ikkalasi ham — PSJ) kurash olib borishgan edi.
Taʼkidlash mumkin, taqdirlash marosimi 17-yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq mazkur mukofot topshiriladigan eng yaxshi 3 nafar murabbiy nomi maʼlum qilingan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!