FIFA 2021-yilning eng yaxshi murabbiyi mukofoti uchun uch nomzod nomini e’lon qildi.
Pep Gvardiola (“Manchester Siti”), Roberto Manchini (Italiya) va Tomas Tuxel (“Chelsi”) yakunlangan yilning “eng yaxshi murabbiyi” bo‘lish uchun o‘zaro kurash olib borishadi.
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini 2021-yilda Yevropa chempionatida g‘olib bo‘ldi, Tomas Tuxel esa “Chelsi” bilan Chempionlar Ligasini yutishga erishdi, Xosep Gvardiola va “Man Siti” Primyer-Liga chempioni hamda Chempionlar Ligasi finalchisiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, taqdirlash marosimi 17-yanvar kuni Tsyurixda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!