$
12705.00 UZS
-6
136.11 UZS
-0.2
13543.53 UZS
5.04
22° Kechasi 10°

“Titanik” vorisi – “Astoriya Grande” 14 kunlik sayohatga taklif etadi!

14:44 / 05.07.2022

“Astoriya Grande” hashamatli laynerining birinchi sayohati 16-iyul kuni boshlanadi. Jo‘nab ketish joyi – Sochi dengiz porti.

Kruiz turizmi sohasida yetakchi bo‘lgan turk kompaniyasi “Miray Cruises” insonlarni o‘zlari orzu qilgan sayohatga taklif qiladi. Uning floti Qora va O‘rta yer dengizlarida xalqaro kema sayohatini amalga oshiradigan birinchi toifali “Astoriya Grande” layneri bilan to‘ldirildi. Birinchi sayohat dasturi Turkiyaning eng go‘zal shaharlarini o‘z ichiga olgan: rang-barang Istanbul, Ayasofiya, Sinop, bir paytlar ajoyib arxeologiya muzeyi bo‘lgan yunon mustamlakasi, mashhur Cheshme kurorti, Trabzon, shuningdek, Egey dengizidagi kichik orol.

Kruizning davomiyligi 7-14 kun. Bu shuni anglatadiki, bu vaqt davomida sayohatchilar chegaralarni kesib o‘tish va shaharlar o‘rtasida harakatlanish, mehmonxonalar va ekskursiyalarni oldindan band qilish, yaxshi restoranlarni qidirishdan tashvishlanmasa ham bo‘ladi. Bunga “Miray Cruises” va “Astoriya Grande” ekipaji allaqachon hozirlik ko‘rib qo‘ygan. Buning uchun sayohatchilarga viza ham kerak emas.

Uzunligi 193,3 m bo‘lgan layner 37,4 km/soat tezlikka ega. “Astoriya Grande” bu suv bo‘yidagi haqiqiy shahar-mehmonxona, unda hamma narsa mavjud: qulay kabinalar, panoramali platformalar, sport zali, kutubxona, restoranlar, konsert zali va hokazo. Axir, kruizga chiqqan har bir kishi o‘ziga xos narsani orzu qiladi: hayajonli dengiz manzaralari, qadimiy shahar bo‘ylab sayohat yoki bortda to‘xtovsiz o‘yin-kulgi qilish.

Premium qulaylik

Kema bortida umumiy 593 ta kabina mavjud bo‘lib, shaxsiy palubali to‘rtta qirollik xonasi, 12 ta kichik kabina va 32 ta xususiy balkonli xonalar bor. Harakati cheklangan odamlar uchun sakkizta maxsus kabina mavjud. Kema 1328 nafar yo‘lovchini qabul qila oladi. Barcha mehmonlarga ko‘p tilda so‘zlashuvchi malakali xodimlar xizmat qilishadi.

Individual yondashuv

“Astoriya Grande” bortida sayohatchilar o‘z odatlaringizni o‘zgartirmasdan ham yaxshi dam olishi mumkin. Faol turmush tarzi tarafdorlariga yoga va stretching mashg‘ulotlari, shuningdek, ochiq havoda yugurish yo‘lakchasi taklif etiladi. Jamoaviy o‘yinlarini yaxshi ko‘radiganlar uchun voleybol va basketbol maydonchalari ham mavjud.

Sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari uchun vegetarian, glyutensiz, laktozasiz, past kaloriyali taomlar, shuningdek, bolalar uchun maxsus menyu ishlab chiqilgan. Mijozlar O‘rta yer dengizi, Italiya va an’anaviy rus oshxonasi taomlarini tanlash imkoniga ega. Bortda uchta restorandan tashqari, beshta mavzuli musiqa barlari, professional ovoz va yoritish uskunalari bilan jihozlangan to‘liq rejimli tungi klub mavjud. Har kuni kechqurun mehmonlar 800 o‘ringa mo‘ljallangan konsert zalida ko‘ngilochar dasturni tomosha qilish imkoniga ega.

Bolalar uchun o‘yin xonalari, ijodiy zona, virtual attraksionlari bo‘lgan zal qurilgan. Hatto, tibbiy maslahat uchun tibbiy markazning sertifikatlangan mutaxassislariga murojaat qilish mumkin. Agar kerak bo‘lsa, ular birinchi yordam ko‘rsatishadi.

Shaffof narx belgisi

Bu ham sayohatning muhim afzalligi. Kompaniya veb-saytida tanlangan salon turiga qarab kruiz narxi aniq ko‘rsatilgan, shuningdek, qo‘shimcha to‘lov talab qilinadigan xizmatlar ro‘yxati keltirilgan. Ular, ekskursiyalar, kurort xizmatlari, bar ichimliklari, enagaga buyurtma berishni o‘z ichiga oladi. Ammo “to‘liq pansion” tizimida ovqatlanish, kundalik ko‘ngilochar dasturlar, animatorlar bilan bolalar klubi, fitnes markazi va kurort zonasidan cheksiz foydalanish uchun qo‘shimcha pul sarflash shart emas. Bortda xalqaro to‘lov kartalari orqali xarid amalga oshirish mumkin.

“Astoriya Grande” sayohatni hush ko‘ruvchilar uchun yaxshi imkoniyat. Chunki O‘rta yer va Qora dengiz bo‘ylab ulkan kemada sayr qilish bir umr yodda qoladigan voqelikdir.


Qiziqarli


														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

														
														Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Hozircha yangi modelning narxi rasman e’lon qilinganicha yo‘q.
12:39 / 10.03.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024
Rossiyaning Voronej shahrida elektromexanika zavodi yonib ketdi

Rossiyaning Voronej shahrida elektromexanika zavodi yonib ketdi

Yonish maydoni 3000 kvadrat metrni tashkil qiladi.
14:24 / 22.04.2024
Familiyangiz baholaringizga ta’sir qilgan

Familiyangiz baholaringizga ta’sir qilgan

Bundan tashqari alifbodagi dastlabki harflar bilan boshlanadigan familiyaga ega bo‘lish ham bahoga ijobiy ta’sir qilishi mum…
11:20 / 22.04.2024
23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 23-aprel, seshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:22 / 22.04.2024
Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes o‘zi kim? Kitobning yaratilish tarixi.
15:39 / 22.04.2024
Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan ob-havo xizmatining xabar berishicha, o‘tgan kecha orolning Sharqiy qirg‘og‘ida 80 dan ortiq zilzilalar sodir bo‘lib,…
09:42 / 23.04.2024
Rossiyaning Ukraina urushida yo‘qotgan askarlari soni ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Ukraina urushida yo‘qotgan askarlari soni ma’lum bo‘ldi

Bu haqda “The Kyiv Independent” nashri maʼlum qildi.
11:47 / 22.04.2024
Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
Professional bo‘lmagan hakam tufayli nogiron bo‘lib qolgan bokschi

Professional bo‘lmagan hakam tufayli nogiron bo‘lib qolgan bokschi

Qanday qilib bitta jang yosh chempionning hayotini o‘zgartirib yubordi?
10:54 / 22.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!