Isfara shahar hokimligi matbuot kotibi Zubaydullo Shomadov Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari Chorkuhda “KamAZ” rusumli avtomashina haydovchisiga hujum qilganini ma’lum qildi.
“Yuk mashinasi shu mahallada yashovchiga tegishli. Mashina bilan Voruxga oziq-ovqat tashigan. 20 yanvar kuni qirg‘izlar yo‘lni to‘sib, tosh otishni boshlagan. Haydovchiga ham hujum qilishgan”, - deya ta’kidlagan Zubaydullo Shomadov.
Shomadovning aytishicha, Aslamov jiddiy jarohat olmagan. U Qirg‘iziston bilan chegaradagi hozirgi vaziyatni tinch deb baholagan.
Manbaga ko‘ra, 21-yanvar kuni Isfara shahrining chegaradosh mahallalari rasmiylari Botken viloyati hokimiyati vakillari bilan birgalikda voqeani muhokama qiladi.
Qirg‘iziston tomoni bu voqea yuzasidan hozircha izoh bermagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!