Toshkent shahrining Olmazor tumanida qo‘shni davlat institutiga o‘qishga kiritib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi department xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Sh.J. ismli shaxs fuqaro J.dan tanishlari orqali Tojikistondagi Pedagogika institutiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga 2-bosqichdan ko‘chirtirib berish evaziga 3,2 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!