$
12705.00 UZS
-6
136.11 UZS
-0.2
13543.53 UZS
5.04
22° Kechasi 10°

Tolibon nafaqat Afgʻonistondagi asosiy kuch, balki afgʻon jamiyatining bir qismidir — Abdulaziz Komilov

20:41 / 22.11.2021

2021-yil 16-noyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Bryusselga tashrifi doirasida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Josep Borrel bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha muzokaralarni tezroq yakunlash, shuningdek, Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi savdoda “GSP+” mexanizmidan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.

Boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlarga, jumladan, “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qoʻmitasi yigʻilishi, “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvi, “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo turizm forumi” va boshqa tadbirlarga har tomonlama va sifatli tayyorgarlik koʻrish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Afgʻonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek tadbir davomida Abdulaziz Komilov “Bryussel morning” muxbiri Sadid Lailumaninig savollariga javob berdi.

Sadid Lailuma – “Bryussel morning” nashri jurnalisti:

— Afgʻoniston mavzusini tilga olganingizdan juda xursandman. Afgʻonistonda harbiy usullar ishlamaydi, lekin biz Afgʻonistonda siyosiy yoʻl borligini koʻramiz. Lekin unutmangki, Tolibon kelib Afgʻonistonda hokimiyatni qoʻlga kiritgan vaqt harbiy toʻntarish edi. Birinchidan, ular tinchlik shartnomasi bilan hokimiyatga kela olmadilar. Ikkinchidan, Tolibonning tan olinishiga kelsak, men hech kim Tolibonni tan olmasligiga ishonchim komil, chunki vazirlar mahkamasidagi 17 nafargacha Tolibon aʼzosi AQSh qora roʻyxatida. 

Shuningdek, agar biz gumanitar yordam haqida gapiradigan boʻlsak, agar biz hukumat yoki Tolibon rejimiga yordam berayotgan boʻlsak, bu yordam oxir oqibat Afgʻonistonning haqiqatan ham muhtoj boʻlgan zaif aholisiga etib borishiga qanday ishonch hosil qilishimiz mumkin? Shuningdek, umid qilamanki, siz Tolibonning yuqori darajali amaldorlari bilan gaplashdingiz, ularni vazirlar mahkamasiga ayollarni qabul qilishlari uchun bosim oʻtkazdingiz va ularga avvalgidek koʻproq imkoniyat berdingiz. 

Aks holda, vazirlar mahkamasida yoki hukumatda afgʻon ayollari boʻlmasa, biz shu yigirma yil davomida ega boʻlgan barcha imkoniyatlarimizni boy berishimizga ishonaman. 
Bilishimcha, Oʻzbekiston islom davlatidir. Hech qanday muammo yoʻq va har kim vazir yoki deputat boʻlishi mumkin. Va bu borada umid qilamanki, siz Tolibon bilan yaxshi muzokaralar olib borishga harakat qilyapsiz. 

Tolibon va Haqqoniy tarmogʻi kabi terrorchi guruh rejimiga nisbatan Oʻzbekistonning keyingi rejasi qanday ekanligini batafsilroq aytib bersangiz. Afgʻonistonda hali ham “Al-Qoida” guruhi bor va bu nafaqat Afgʻoniston, balki butun mintaqa uchun, balki butun dunyo uchun xavfli ekanligiga ishonchim komil. Rahmat.

Abdulaziz Komilov –Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri.

- Katta rahmat. Psixologik toʻsiqlarni yengish naqadar qiyinligini juda yaxshi tushunaman. Shu bois oʻtgan yigirma yil ichida koalitsiya Tolibonga qarshi kurashdi. Biroq, iltimos, vaziyatga boshqa tomondan qarang.

Tolibon nafaqat Afgʻonistondagi asosiy kuch, balki afgʻon jamiyatining bir qismidir. Ular hech qachon milliy chegaralaridan tashqarida terrorchilik hujumlarini uyushtirmagan. Markaziy Osiyoda, Yevropada, AQShda, Janubiy Osiyoda yoki boshqa joyda Tolibon tomonidan uyushtirilgan teraktga birorta ham misol keltira olmaysiz.

Shu bilan birga, bu haqiqatdir. Sizda koʻp savollar bor, lekin nima qilish kerakligi haqida hech qanday taklif yoʻq. Va shuning uchun biz haqiqatni hisobga olamiz. Oʻtgan yigirma yil davomida, umuman, oʻtgan qirq yil davomida ham buyuk davlatlar Afgʻonistondagi vaziyatni toʻgʻrilay olmadi. Endi baʼzi davlatlar mablagʻ taklif qilmoqda va buning evaziga minglab qochqinlarni qabul qilishni soʻramoqda, bu esa boshi berk koʻchadir. Biz buni tushunmayapmiz. Afgʻonistondagi mavjud vaziyat uchun oʻtgan yigirma yil davomida kurashgan harbiy koalitsiya ham masʼul ekanini taʼkidladim. 

Shu bois, menimcha, sizda Afgʻoniston haqida yangilik va maʼlumotlar yetarli emas, balki Yevropa bilan Tolibon va umuman afgʻonlar bilan aloqa kanali yoʻqligi uchundir. Shuning uchun siz haqiqatni qabul qila olmaysiz, muvaqqat hukumat bilan hech qanday norasmiy aloqa oʻrnatolmaysiz.

Ammo, shunga qaramay, aloqa kanali boʻlishi kerak. Men shunday oʻylayman. Oʻzbekiston kelajakda nimalar qiladi, degan savolingizga kelsak: biz bugun amal qilayotgan siyosatimizni davom ettiramiz. Eʼtiboringiz uchun tashakkur.

 

Olimjon Hasanov tarjimasi.


Siyosat


														
														Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024

														
														Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlad…
19:18 / 15.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi
18:57 / 15.04.2024

														
														O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa f…
13:56 / 15.04.2024

														
														Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

“AQSh Ukrainaga haddan tashqari e’tibor qaratmoqda”.
15:40 / 05.04.2024

														
														Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Rossiya agentliklari Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotiga asoslanib xabar qilmoqda.
13:38 / 05.04.2024

														
														“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

Bu haqda bosh vazir Gustavo Adrianzen ma’lum qildi.
09:39 / 31.03.2024

														
														TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qula…
09:31 / 13.03.2024

														
														O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida qabulida bo‘ldi.
10:45 / 08.03.2024

														
														Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston Prezidentiga mustahkam sogʻliq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbeki…
15:05 / 23.02.2024

Bu ham qiziq

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

21-aprel kuni Toshkent shahri 45 davlatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilarni VI BYD Toshkent …
14:32 / 22.04.2024
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin.
17:45 / 22.04.2024
Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024
23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 23-aprel, seshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:22 / 22.04.2024
Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes o‘zi kim? Kitobning yaratilish tarixi.
15:39 / 22.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024
Turkiya prezidenti XAMAS delegatsiyasini qabul qildi

Turkiya prezidenti XAMAS delegatsiyasini qabul qildi

Erdo‘g‘an XAMASni terrorchi tashkilot deb hisoblamasligini yana bir bor ta’kidlagan.
14:35 / 22.04.2024
AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

Amerikadagi o‘rtacha oyliklar bilan tanishing.
15:59 / 22.04.2024
Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024
Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Stadion bir vaqtning o‘zida 45 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
08:54 / 23.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!