Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Angor tumani prokurori bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti, deya aytilayotgan audiosuhbat tarqaldi. Ushbu suhbatda hokim prokurorni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagani, huquq himoyachisi ham jim turmay, javob qaytarganini eshitish mumkin.
Surxondaryo viloyati hokimligi ushbu holat bo‘yicha munosabat bildirib, audioyozuv joriy yilning fevral oyida hokimlik soatida bo‘lib o‘tgan muhokamadan kesib olingani va boshqacha talqin qilinganini bildirdi.
“Asl holatda yig‘ilishda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokamasi jarayonida viloyat rahbari Angor tumani sektor rahbarlaridan tumanning investitsiya, eksport va soliq tushumlari bo‘yicha yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini tanqidiy muhokama qilib, tanbeh bergan. Shu jumladan, tuman prokuroriga ham. Mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tganligi sababli viloyat hokimi asabiy holatda gapirishga majbur bo‘lgan.
Agar ushbu yig‘ilish jarayonidan kesib olinib montaj qilingan va turlicha talqin etilayotgan audiomaterialdagi holatlar o‘rganish natijasida qonunga xilof deb topilsa, qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishiga tayyorligimizni ma’lum qilamiz”,– deyiladi munosabatda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!