Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev, hokim o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddilar 11-apreldan 12-aprelga o‘tar kechasi Mirzo Ulug‘bek tumanining “Olimlar” mahallasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Oilaviy sharoitini yaxshilash uchun daromadli ishga joylashish, davolanish va dori-darmon uchun moddiy yordam, uy sharoitini yaxshilashga ko‘mak, tadbirkorlikka oid takliflar va boshqa yo‘nalishlardagi qator murojaatlar sayyor qabulda hokim boshchiligidagi mas‘ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi va muammolarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi.
Qolganlarini esa tez fursatlarda hal etish uchun mutasaddilarga biriktirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!