Bugun, 12-fevral kuni Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qudratullo Odinayev Toshkent viloyati hokimligi tong saharda yig‘ilish o‘tkazishi haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topib, holatni o‘rganish maqsadida Toshkent viloyati hokimligiga borgan. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Inspeksiya xodimlari soat 07:10 atrofida hokimiyat binosiga kirib borishganda, majlis o‘tkazilayotganligini aniqlashgan. Biroq, yig‘ilganlar vazirlik vakillarini ko‘rishi bilan majlisdan chiqib ketishgan.
“Mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud”, – deyiladi vazirlik munosabatida.
Vazirlik, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlar xodimlaridan mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishlarini hamda bu borada shikoyatchining shaxsi sir saqlanishini aytmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!