Toshkent viloyatida 2000-yilda tug‘ilgan M.J. (Surxondaryo viloyatida yashovchi) Chinoz tuman YHXB boshlig‘iga pora tariqasida 1,5 mln. so‘m taklif qilgan va undan 1 mln. so‘mini berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu haydovchi bir kun avval o‘zining Cobalt rusumli avtomobilida Chinoz tumani hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagani va qoidabuzarligi sabab avtomobil jarima maydoniga qo‘yilgan.
Haydovchi esa xodimdan pora evaziga maʼmuriy bayonnomani uning foydasiga hal qilishni va avtomashinasini jarima maydonidan olib chiqib berishini so‘ragan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!