$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

Toshkentda bolalar bog‘chasi uchun Norvegiyadan jo‘natilgan sovg‘alarning bir qismi o‘g‘irlangani aytilmoqda

16:27 / 29.12.2021

Norvegiyadan Toshkentdagi 442-ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari uchun jo‘natilgan sovg‘alarning bir qismi o‘g‘irlangani aytilmoqda.

“Nilufar” nomli 442-ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chasi xodimasi Galiya Yafarovaning aytishicha, u kecha, 28-dekabr kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi pochta bo‘limlarining biridan o‘zining nomiga jo‘natilgan jo‘natmani olgan. Mazkur jo‘natma nogironligi bo‘lgan bolalarga yangi yil sovg‘asi sifatida Norvegiya davlatidan jo‘natilgan bo‘lib, unda bolalar uchun paypoq va “kolgotki”lar bo‘lgan.

Bog‘cha xodimasining qo‘shimcha qilishicha, u dastavval, 52 nafar tarbiyalanuvchini xursand qilish maqsadida, jo‘natmani pochta bo‘limidan olishda shoshib, uning butligiga e’tibor qilmagan. Ammo bog‘chaga olib kelingach, uning ichidan 22 dona “kolgotki”lar olib qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan. U darhol pochta bo‘limi bilan bog‘lanib, jo‘natmaning jo‘natilish paytidagi suratini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Qizig‘i, u qutilarni olganida qutilarda qizil lenta yopishtirilgan bo‘lgan, Norvegiyadan sovg‘a jo‘natilayotgan holatdagi suratlarda esa qutilarda hech qanday lenta yo‘q, hech narsa yopishtirilmagan.

“Sovg‘alar yo pochtada yoki bojxonada talon-toroj qilingan bo‘lishi mumkin. Men va bog‘chaning qolgan hodimlari ham hayratdamiz. Bu qanday bo‘lishi mumkin. Yangi yil oldidan nogiron bolalarning sovg‘alarini o‘g‘irlash uchun odam kim bo‘lish kerak?!” – deydi bog‘cha xodimasi.

Xabardor.uz’ning aniqlik kiritishicha, ayni paytda DBQ mazkur holat bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda.

“Tafsilotlarni aniqlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar – buni qaysi kuryerlik firmasi orqali keltirilgan, jo‘natma raqami kabilarga aniqlik kiritayapmiz”, – deydi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimi.

Qo‘shimcha ma’lumot:
Tahririyat bu haqdagi xabarni tayyorlash jarayonida Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumotni taqdim qildi.

Unga ko‘ra, bojxona xodimlarini ushbu bog‘chaga borib vaziyatni o‘rganishgan. Aniqlanishicha, jo‘natma yuborilayotgan mamlakatning o‘zida tegishli bojxona deklarasiyasida yukning og‘irligi 9 kg. 975 gr. deb ko‘rsatilgan. O‘zbekistonga yetib kelgach, o‘lchab ko‘rilganida, biroz og‘ir ya’ni 10 kg. 100 gr. atrofida chiqqan. 
“Ya’ni, bu jo‘natmadagi tovarlar og‘irligi jihatidan kamaymagan”, – deyiladi DBQ bergan ma’lumotda.


Boshqalar


														
														Microsoft kapitalizatsiyasi ilk marta 3 trillion dollardan oshdi

Microsoft kapitalizatsiyasi ilk marta 3 trillion dollardan oshdi

Ushbu darajaga Apple ham erishgan edi.
11:37 / 25.01.2024

														
														“Toyota” mashina ishlab chiqarishni kamaytiradi

“Toyota” mashina ishlab chiqarishni kamaytiradi

Uning avgust oyidagi ishlab chiqarish rejasi 150 000 ta mashinaga qisqartirildi.
21:17 / 23.07.2022

														
														“Netflix” va “Microsoft” arzon reklama ustida birgalikda ishlashadi

“Netflix” va “Microsoft” arzon reklama ustida birgalikda ishlashadi

“Netflix” “Microsoft” bilan hamkorlikda mijozlarga reklamali arzon obuna rejasini taklif qildi.
18:10 / 14.07.2022

														
														Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv taʼminoti qisman to‘xtatiladi

Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv taʼminoti qisman to‘xtatiladi

Poytaxt hokimligi issiq suv taʼminoti to‘xtatiladigan hududlar ro‘yxatini eʼlon qildi.
17:57 / 20.06.2022

														
														50 dan ziyod xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan “Zulfiyachi” qizdan tengdoshlariga tavsiyalar

50 dan ziyod xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan “Zulfiyachi” qizdan tengdoshlariga tavsiyalar

Bugungi qahramonimiz Xalqaro tanlovlar g‘olibasi hamda Zulfiya mukofoti sohibasidir.
21:03 / 15.06.2022

														
														O‘zbekistonda elektron skuterlar (elektrosamokat)dan foydalanish tartibi qanday?

O‘zbekistonda elektron skuterlar (elektrosamokat)dan foydalanish tartibi qanday?

Elektron skuterlardan foydalanishda qanday qoidalarga yoki tartibga rioya qilish kerak? Milliy qonunchiligimiz bu haqda aniq…
16:07 / 26.05.2022

														
														Prezident maqtagan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi imi-jimida tugatib yuborildi

Prezident maqtagan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi imi-jimida tugatib yuborildi

Bundan ikki yilcha muqaddam aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi…
15:15 / 26.05.2022

														
														“Eng zo‘r shikoyatchi” Ginnesga kiritmasliklari uchun nashriyot ustidan ham sudga shikoyat yozganini bilasizmi? – ajabtovur sud ishlari

“Eng zo‘r shikoyatchi” Ginnesga kiritmasliklari uchun nashriyot ustidan ham sudga shikoyat yozganini bilasizmi? – ajabtovur sud ishlari

Bugun biz sudlarga aloqador tarixda sodir bo‘lgan ba’zi qiziq voqealar va odatlar haqida ma’lumot beramiz.
11:11 / 25.05.2022

														
														Namanganda YPX xodimi haydovchiga “shantaj” uyushtirishga urindi

Namanganda YPX xodimi haydovchiga “shantaj” uyushtirishga urindi

Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
16:16 / 20.05.2022

Bu ham qiziq

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
16:58 / 24.04.2024
Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini yana bir bor tanqid qildi. U Isroil bos…
10:55 / 24.04.2024
Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024
Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024
Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
15:13 / 23.04.2024
Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi.
12:55 / 24.04.2024
Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
09:35 / 24.04.2024
Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Bu haqda u “Six One News”ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
18:00 / 24.04.2024
O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!