Avval xabar qilinganidek, bugun Toshkentdagi “JAR” sport sogʻlomlashtirish majmuasida dzyudo boʻyicha xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻini start oldi.
25-yanvarga qadar davom etadigan qoʻshma mashgʻulotda yurtimiz dzyudochilari qatorida Rossiya, Avstriya, Livan, Hindiston, Moʻgʻuliston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston terma jamoalarining jami 500 nafar aʼzosi ishtirok etyapti.
Yigʻinda 2 karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori qozogʻistonlik Yeldos Smetov kabi yulduzlarni ham uchratish mumkin. Afsonaviy Ilias Iliadis boshchiligidagi Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi esa asosiy tarkib bilan shugʻullanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!