Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblokidan 5 tasi barqaror faoliyat yuritishni boshladi. Bu haqida Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida, xususan poytaxt va uning atrofida elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanib, elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.
Misol uchun, elektr ta’minotida yirik nosozlik kuzatilgunga qadar Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblogi ishlab turgan edi. Ayni paytda esa sozlash-tiklash ishlari olib borilib, ularning 5 tasi barqaror ish faoliyatiga keltirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!