IIV YHXBB ma’lumotiga ko‘ra, kecha, 14-dekabr kuni soat 19:25larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani Islom Karimov ko‘chasida haydovchi, 1981-yilda tug‘ilgan Sh.A. “Orlando” rusumli avtomobilda harakatlanayotib “Hilton” mehmonhonasi ro‘parasiga yetgan vaqtda, transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan.
Haydovchi zudlik bilan to‘xtagan. O‘zi va salonda bo‘lgan yo‘lovchilar ham tezkorlik bilan avtomobildan tushgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Ushbu hodisa yuzasidan Shayxontohur tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!