Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar xodimi ayol kishining telefonini olib qo‘ygan holati aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22-iyun kuni Uchtepa tumanida kommunal xizmatlari bo‘yicha rahbar X.Norqulov xizmat faoliyatini olib borayotgan bo‘lgan.
Shu vaqtda fuqaro L.Irina uni qo‘l telefonida videotasvirga olgan. Keyin, shu sababli ular o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan.
Ushbu tortishuvga Ichki ishlar organi xodimi B.Anvarov ham aralashgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, tekshiruv yakuni bo‘yicha xodimning harakatiga qonuniy baho beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!