Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar ayolning profilaktika inspektorlari bilan janjallashayotgani aks etgan videolavha tarqalgani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur hodisaga Chilonzor tuman Prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarda keltirilishicha, ushbu hodisa bundan 4 oy avval sodir bo‘lgan. Ya’ni 2 nafar ayol joriy yilning 9-avgust kuni tungi soat 02:15 lar atrofida o‘zlari iste’qomat qiladigan manzilga kirayotganlarida Chilonzor tumani IIOB xodimlari ularni asossiz ayblab, majburlagan holda 3-sonli IIB tayanch punktiga olib borishadi. IIB xodimlari tayanch punktida 2 nafar ayolning qo‘llariga kishan solib, urib tan jarohatlari yetkazib, bir necha soat kameraga qamab qo‘ygan va ularni asossiz fohishalikda ayblashgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida ikki nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu haqida Chilonzor tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berib, oradan taxminan 30 daqiqalardan so‘ng ushbu bildirilgan rasmiy munosabatni sahifasidan olib tashladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!