Toshkent shahrida jamoat transporti etib bormagan 26 ta mahallaga qo‘shimcha 12 ta avtobus yo‘nalishlari ochiladi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlarini metropoliten yo‘nalishlari bilan bog‘lash rejalashtirilmoqda.
Ulardan ilk avtobus yo‘nalish harakati joriy yilning iyul oyidan yo‘lga qo‘yilib, Yunusobod tumanining jamoat transporti etib bormagan Tiklanish, Hasanboy va Hamkorobod mahallalari orqali Xolis, Nurmakon, Yuqori Qoraqamish, Moyqo‘rg‘on, Ahmad Donish ko‘chalaridan Yunusobod metrosigacha harakatlanadi.
Yangi tashkil etiladigan yo‘nalishda 3 ta avtobuslar harakatlanib, ularning oraliq intervali 12-13 daqiqani tashkil etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!